Rossiya boş vaziri Dmitriy Medvedevning aytişiça, yaqin vaqt içida Özbekiston bilan ikki tomonlama savdo hajmi 10 mlrd dollargaça yetkaziladi. U bu haqda hukumatlar rahbarlari darajasidagi qöşma komissiyaning birinçi yiğilişida aytdi.
"Aytib ötganimdek, savdo aylanmasi 20-25%ga oşdi, 4,5 mlrd dollarga yetdi", - dedi u.
Medvedevning aytişiça, bu MDH davlatlari orasidagi eng yuqori körsatkiçlardan biridir.
"Ijobiy ösiş bu yil ham saqlanb qoladi, şu bois savdo aylanmasini 10 mlrd dollarlik körsatkiçga olib çiqiş vazifasi qöyilgan", - dedi Rossiya boş vaziri.
Eslatib ötamiz, Bugun, 30 may kuni Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyev Dmitriy Medvedevni qabul qildi. Özbekiston prezidenti matbuot xizmati xabariga köra, uçraşuvda özaro aloqalar va almaşinuvlar faollaşgani alohida ta'kidlandi.













