Lester universiteti (Buyuk Britaniya) tadqiqotçisi Yan Zalaseviç boşçiligidagi olimlar guruhi sayyoramizda yangi geologik davr – inson davri boşlanganini e'lon qilişdi.

“Antropotsen” deb nom olgan yangi davrning asosiy farqli jihati atrof-muhit va iqlimga hukmron ta'sirni inson körsatişidan iborat.

Yangi davrni yadroviy qurol sinovlarining radioaktiv oqibatlari, plastmassa qoldiqlari paydo bölişi, Ikkinçi jahon uruşidan keyingi iqtisodiy faollik oqibatida yuz bergan uglerod ifloslanişdan 1950-yillardan boşlab kuzatiş mumkin bölgan.

Ta'kidlanişiça, 34 mutaxassis önlab yillar davomida antropotsen geologik asoslangan ğoya hisoblanişi isbotini tahlil qilişgan. “Biz antropotsen nimaligini juda yaxşi tuşunamiz. Biz muammoga xolis qaraymiz. Geologiya bu borada yaxşidir: toşlar aldamaydi”, deb aytgan Zalaseviç.  

Endi olimlar Xalqaro stratigrafiya komissiyasiga antropotsen davri kirganining rasman tan olinişi haqida ariza topşirişadi. Agar yangi davr kirgani tan olinsa, unda antropotsen sayyoramizda 12 ming yil avval muzlik davridan keyin boşlangan golotsen davri örniga keladi.

Yaqinda ötkazilgan tadqiqotlarning körsatişiça, ayni vaqtda insonlar faoliyati jonzotlar va ösimliklarga oxirgi 10 mln yildagi ta'sirdan 100 marta kuçliroq xavf solmoqda.