Detoks-oziqlanish va detoks-ichimliklar tez orada ozishga yordam beradigan parhezlar o‘rnini egallaydi degan tasavvur uyg‘onadi. Bunday ichimliklar ovqat hazm qilish va organizmning boshqa tizimlariga dam beradi – ana shunda kompleks sog‘lomlashish yuz beradi. Ortiqcha suyuqlik chiqib ketgani uchun to‘qimalardagi shishlar kamayadi, teri, tirnoq va sochning holati yaxshilanadi, vazn kamayadi.

Sizga darhol detoks-kokteyl zarurligini ko‘rsatuvchi belgilar

  • Doimiy ich qotishlar, meteorizm, ko‘ngil aynishi.
  • Kuchli charchoq. Uyqudan keyin ham o‘tib ketmaydigan charchoq.
  • Bosh og‘rig‘i.
  • Kayfiyatning tez-tez o‘zgarishi.
  • Terining tez-tez yallig‘lanishi.
  • Zararli yoki restorandagi tezpishar ovqatlarni yoqtirish.
  • Uyquning yomonlashuvi.
  • Qorinning dam bo‘lishi.
  • Ortiqcha vazn.
  • Bel ayollarda 80 sm, erkaklarda 90 sm dan ortiq bo‘lishi.

Foydali ichimliklar uchun eng yaxshi ta'sir ko‘rsatuvchi mahsulotlar

Foto: Pinterest

Olma

  • Pektinga boy.
  • Ovqat hazm qilishni normallashtiradi.
  • Moddalar almashinuvini yaxshilaydi.

Tarvuz

  • Kuchli «namlantiruvchi», suv muvozanatini to‘ldiradi.
  • Yallig‘lanishning oldini oladi.
  • Tomirlar sog‘lig‘ini qo‘llab-quvvatlaydi.
  • Peshob haydash xususiyatiga ega.
Foto: Pinterest

Kivi

  • A va Ye vitaminlari manbai.
  • Organizmni erkin radikallardan himoya qiladi.
  • Yuz terisining yosharishiga hissa qo‘shadi.