Ramazon oyida muborak bir keça borki, Alloh taolo öz kalomida uning ming oydan ham afzal ekanligi haqida marhamat qilgan. Ya'ni, kim öşa keçani ibodat bilan ötkazsa, boşqa paytda ming oy ibodat qilgandan köp savobga erişadi. Bu – Qadr keçasidir.

Foto: Mehrob.uz

Abu Hurayra (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: Ramazon oyi kelganida Rasululloh (sollallohu alayhi va sallam): “Alloh sizlarga bu oyda röza tutişni farz qildi. Bu oyda jannat eşiklari oçiladi, dözax eşiklari yopiladi va şaytonlar kişanlanadi. Unda ming oydan yaxşi bir keça bor. Kim undagi yaxşiliklardan mahrum bölsa, mahrum qilinadi”, dedilar (Imom Nasaiy).

Bu kunning fazilati, uning barokoti va yaxşiliklari, unda qilinadigan ibodatlar, duolar va xayrli amallar haqida töxtalib ötsak.

Foto: Mehrob.uz

Uni qaysi kunlardan izlaş kerak?

“Laylatul-qadr” sözining ma'nosi “belgilaş, ölçaş keçasi”, ya'ni yil davomida turli amal, hukm, rizq, taqdir belgilanadigan keça degan ma'noni bildiradi. Qadr keçasi Ramazonning sönggi ön kunligida yaşiringan, uni öşa kunlarning toq kunlaridan izlagan afzal deyiladi.

Uboda ibn Somit (roziyallohu anhu) rivoyat qiladi: “Rasululloh (sollallohu alayhi va sallam): “Qadr keçasi Ramazonning oxirgi ön kunligidadir. Kim unda imon bilan Alloh roziligi uçun ibodat qilsa, albatta, Alloh avvalgiyu keyingi gunohlarini keçiradi. U toq keçada böladi. Töqqizinçi yoki yettinçi yoki beşinçi yoki uçinçi yoki oxirgi keça qadr keçasidir”, dedilar” (Imom Ahmad rivoyati). 

Boşqa bir hadisda aytiladi:

Oişa roziyallohu anhodan rivoyat qilinadi: “Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: “Laylatul Qadrni Ramazonning oxirgi ön keçasining toq (keça)larida izlanglar”, dedilar”. Ikki Şayx va Termiziy rivoyat qilgan.

Köpçilik ulamolar nazdida Laylatul Qadr keçasi Ramazonning 26-kunidan 27-kuniga ötar keçasidir.