Rossiyaning Tojikistondagi 201-harbiy bazasida uçuvçisiz aviatsiyaning birinçi bataloni taşkil etildi. Bu haqda Rossiya Markaziy harbiy okrugi matbuot markazi xabar tarqatdi. Ta'kidlanişiça, uşbu qadam motoöqçilar va artilleriyaning jangovar salohiyatini oşiriş imkonini beradi. «Orlan» uçuvçisiz aviatsiya majmuasi batalonning asosiga aylandi.
«Uçuvçisiz aviatsiya havo razvedkasi sifatini sezilarli darajada yaxşilaydi. Uning yordamida 120 kilometrgaça masofaga real vaqt rejimida amalga oşiriladigan öq uzişni aniqroq sozlaş mumkin böladi», - deya qayd etilgan Markaziy harbiy okrug xabarida.
«Orlan» uçuvçisiz majmuasi iqlim şaroitlaridan qat'iy nazar, eng noqulay bölgan joylarda ham razvedka qiliş imkonini yaratadi. Ular töxtovsiz ravişda 15 soatgaça işlaşi mumkin.
«Köp funksional majmua yordamida bir vaqtning özida törtta uçuvçisiz qurilmani boşqariş mumkin. Şuningdek, tizim foydali yuklarni nazorat qiliş uçun 30ta operatorga lokal tarmoqni yaratişga qodir», - deya qöşimça qildi Markaziy harbiy okrug vakillari.
Bundan oldin, Sergey Şoygu Duşanbega kelgani, Rossiya Tojikistondagi harbiy bazasini yangi qurollar bilan ta'minlamoqçi ekani xabar qilingandi.













