Rossiya mudofaa vaziri Sergey Şoygu Duşanbega keldi, u bu yerda 28 may kuni Tojikiston rahbariyati bilan respublika qurolli kuçlarini modernizatsiya qiliş va 201-Rossiya harbiy bazasi işi böyiça muzokaralar olib boradi. Bu haqda Rossiya harbiy idorasi matbuot xizmati rahbari RIA Novosti’ga xabar qildi.

«Bu masalalarni bugun respublika mudofaa vaziri Mirzo Şerali bilan muhokama qiliş rejalaştirilmoqda», - dedi matbuot xizmati rahbari.

Rejaga köra, Rossiya mudofaa vaziri Tojikiston prezidenti Imomali Rahmon tomonidan qabul qilinadi, deya qöşimça qilib ötdi matbuot kotibi. Uning sözlariga köra, muzokaralar çoğida «Tojikiston armiyasini modernizatsiya qiliş muammolari, şuningdek, respublikada joylaştirilgan Rossiya harbiy bazasining faoliyati bilan boğliq masalalar körib çiqiladi».

«Muzokaralarning asosiy mavzusi - mamlakatda joylaştirilgan Rossiya harbiy bazasini yangi turdagi qurollar bilan ta'minlaş, şuningdek, Tojikiston armiyasini modernizatsiya qiliş», - dedi u.