Jizzax viloyati maktabgacha ta'lim boshqarmasi va tumanlardagi bo‘limlar tomonidan maktabgacha ta'lim sohasida qabul qilinayotgan qarorlar ijrosini ta'minlash, davlat maktabgacha ta'lim muassasalarini ta'mirlash hamda viloyatda nodavlat ta'lim muassasalarini tashkil etish yuzasidan bir qator ishlar amalga oshirilmoqda.

 

- Bugungi kundan Jizzax viloyatida 449 ta maktabgacha ta'lim muassasalari  faoliyat yuritmoqda. Viloyatdagi ushbu ta'lim muassasalarida jami 48298 nafardan ortiq 3-6 yoshli bolalar qamrab olingan. Sohada nodavlat maktabgacha ta'lim muassalarini kengaytirish maqsadida har bir tuman, shaxarlarda oilaviy hamda davlat xususiy sherikchilik asosidagi muassalarni tashkil etish jadal sur'atlarda olib borilmoqda. Bugun  viloyatda tashabbuskor tadbirkorlarimiz tomonidan tashkil etilgan 5 ta ana shunday davlat xususiy-sherikchilik asosidagi ta'lim maskanlari Prezidentimizning “Maktabgacha ta'lim tizimini yanada rag‘batlantirish va rivojlantirish chora tadbirlari to‘g‘risida” gi 3651-sonli  qaroriga asosan  imtiyozli kreditlar evaziga ochildi. Sh. Rashidov tumanida  150 o‘ringa mo‘ljallangan “Laylo Bebi”, 100 o‘rinli “Bolalik beg‘uborlik”,  G‘allaorol tumanida 50 o‘rinli “Yuksak Nihol”, Zarbdor tumanida 50 o‘rinli “Yurtimiz kamalagi” va Jizzax shahrida 70 o‘rinli “Afrosiyob kuchi” ana shular jumlasidandir.  Ushbu ta'lim muassasalarida jami 75 ta ish o‘rni yartildi. Biz 2019 yil so‘ngiga qadar 37 davlat va xususiy sherikchilik asosida , 10 ta xususiy nodavlat maktabgacha ta'lim muassasalari  faoliyatini yo‘lga qo‘yish rejalashtirganmiz. Ayni kunda  viloyatda 3-6 yoshdagi bolalar  111 890 nafarni tashkil etsa, shulardan  47338 ming nafari  maktabgacha ta'lim muassasalariga jalb etilgan. Bu esa 43,2 foizni tashkil etadi degani. Niyatimiz  ushbu ko‘rsatkichni 54-55 foizga chiqarish. 2018 yilning boshida bor-yo‘g‘i 300 nafar oliy ma'lumotli mutaxassilar faoliyat olib borgan bo‘lsa, bugun ular 1300 nafarni tashkil etadi, - deydi Jizzax viloyat maktabgacha ta'lim boshqarmasi boshlig‘i Nizomiddin Toshbekov