Endilikda Koreya Respublikasiga işga boriş uçun test sinovi topşiradigan talabgorlarga “jyeton” beriş amaliyoti bekor qilindi, dedi Özbekiston bandlik va mehnat munosabatlari vaziri Şerzod Kudbiyev. Bu haqda Kun.uz muxbiri xabar berdi.
U bu haqda bugun, 1 iyun kuni Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi hamda Koreya inson resurslarini rivojlantiriş xizmati vakillari iştirokida bölib ötgan anjumanda aytdi.
Anjumanda Kudbiyev Koreyada mehnat qiliş böyiça taşkil qilingan test tizimiga kiritilgan özgarişlar, yöl qöyilgan kamçiliklar va ularni bartaraf etiş böyiça axborot berdi.
Vazirning sözlariga köra, ötgan yillar davomida Koreyaga işga jönatiş sohasida qator muammolar yiğilib qolgan.
“Test ötkaziş jarayoniga noqonuniy aralaşuvlar korrupsiyani avj oldirdi. Natijada, koreys tilini umuman bilmagan fuqarolar ham işga jönab ketdi. Ahvol şu tarzda davom etaverganidan keyin koreyalik iş beruvçilar bizga işonmay qöyişdi. Mavjud vaziyatni yaxşilaş uçun test tizimini takomillaştiriş vazifasi qöyildi. Eng katta masala iştirokçilar sonini optimallaştirişdir. Şu paytgaça testga kiruvçilar soni bir neça ön minglabni taşkil qilgan. Şunga yaraşa sifat ham tuşib ketdi va yana qator muammolar paydo böldi. Fakt keltirib ötaman: 2018 yilda Taşqi mehnat migratsiyasi masalalari agentligi 16 ming nafar fuqaroga testga kiriş uçun ruxsatnoma (“jyeton”) bergan. Ulardan 3248 nafari (tölovlarni amalga oşirgan bölsa ham) röyxatga kiritilmay qolib ketgan”, dedi u.
Kudbiyevning aytişiça, bu holat yana takrorlanmasligi uçun testga kiruvçilar soni keskin qisqartirildi, ular 2000 nafarni taşkil qiladi. Umumiy 100 ballik tizimda 70 balldan yuqori natijani körsatganlargina testga kiritiladi va jarayon vazirlik tomonidan qattiq nazorat ostiga olinadi”.
Yangi özgarişga köra, avvalgi “jyeton” beriş amaliyoti bekor qilindi. Uning örniga bilimni baholaş markazlari tomonidan beriladigan sertifikat tizimi yölga qöyildi. Hozirgi paytda bilimni baholaş markazlari respublika böyiça juda ozçilik (Toşkent, Samarqand va Andijon)ni taşkil etadi. Agar ularning soni oşirilsa, sifat ham yaxşilanadi, deya qöşimça qildi vazir.
Kudbiyev bilimni baholaşda oliy öquv yurtlari, nodavlat ta'lim muassasalari mutaxassislarini hamkorlikka çaqirdi. Endilikda ular ham vazirlik bilan kelişuv imzolab test ötkaziş, unga tayyorlaş işlarini amalga oşirişlari mumkin böladi. Vazirning sözlariga köra, maqsad sohaga malakali mutaxassislarni jalb qiliş orqali sifatni oşirişga erişişdir.













