09:11 / 03.06.2019
17945

Saakashvili Poroshenkodan nega xafaligini so‘zlab berdi

Foto: EPA

Gurjistonning sobiq prezidenti, Ukrainaning Odessa oblasti gubernatorligi sobiq rahbari 1+1 telekanali efirida sobiq prezident Petro Poroshenkoda yumor hissi yo‘q deb hisoblashi va undan juda xafaligini ta'kidlab o‘tgan. Bu haqda Korrespondent.net xabar bermoqda.

«Men Poroshenkodan xafaman. Chunki u bilan o‘rtamizda shaxsiy munosabatlar bor edi va u menga juda ko‘p narsalarni va'da qilgan edi: vakolatlar, moliyalashtirish, Odessa – Reni yo‘lini tuzatish, ma'muriy xizmatlar markazi, ochiq bojxona hududi, yangi insonlar, qonunchilikka o‘zgartirishlar kiritish va h.k. U menga yolg‘on gapirgan ekan», — degan Saakashvili.

Siyosatchining so‘zlariga ko‘ra, Poroshenkoning siyosatlari komplekslardan jabr ko‘rgan. «U meni «siz»lashga majbur qildi, chunki u prezident emish. Men esa butun umr uni «sen»laganman. Bu hol odamda kompleks borligini bildiradi», — deb qayd etgan Odessaning sobiq gubernatori.

Jurnalistlarning Poroshenkoda yumor hissi bormi, deb bergan savollariga Saakashvili «Yo‘q» deb javob bergan.

Eslatib o‘tamiz, 28 may kuni Vladimir Zelenskiy Saakashviliga u 2017 yilda mahrum etilgan Ukraina fuqaroligini qaytarib bergan. Siyosatchi Kiyevga qaytib, ukrainaliklarga yangi mamlakat qurishda yordam berishini aytgan.

Top