Nurafşon şahrida Toşkent viloyati faollari, hokimlar va sektorlar rahbarlari, respublika idoralari mutasaddilari iştirokida yiğiliş bölib ötmoqda.
Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev viloyat iqtisodiyoti, tumanlardagi ahvolni tanqid qildi.
«Özim yurib, respublikadan rahbarlar yuborib, eng dolzarb masalalarni hal qilyapmiz. Hamma joyda özgariş bölyapti. Toşkent viloyati nega uyğonmayapti? Vaqt şiddat bilan ötyapti. Har bir kun, har bir daqiqa ğanimat. Prezident siyosat yuritadi, imkon yaratadi. Mutasaddilar qattiq talab qilib, quyi tizimdagi rahbarlar jon kuydirib işlab, natijani ta'minlaşi kerak. Odamlar quruq gapga çidamaydi. Toşkent viloyatida quruq gap. Qani raqobat, qani ilm, qani natija, qani taşabbus», - deya Şavkat Mirziyoyevning sözlarini keltirmoqda prezident matbuot xizmati.
Katta iqtisodiy salohiyatga ega böla turib, viloyatda mavjud rezerv va imkoniyatlar töliq işga solinmayotgani, sanoat haligaça bir neçta yirik korxonalarga boğliq bölib qolayotgani körsatib ötildi. Böka, Piskent, Parkent, Ohangaron, Bekobod, Quyi Çirçiq, Oqqörğon va Çinoz tumanlarida sanoat rivoji pastligiça qolayotgani. Quyi Çirçiq, Bekobod, Ohangaron, Piskent va Böka tumanlarida aholi jon boşiga xizmat körsatiş hajmi respublika böyiça örtaça körsatkiçdan 2-3 barobar kamligi qayd etildi.
Yiğilişda tadbirkorlik va qişloq xöjaligi, iş örinlari, ijtimoiy şaroitlarga doir dolzarb masalalar muhokama qilinmoqda.

















