Buxoro tibbiyot kollejining böşab qolgan binosi qayta rekonstruksiya qilinişi natijasida bu yerda 50 öringa möljallangan zamonaviy şifoxona barpo etildi, deb xabar bermoqda Kun.uz’ga viloyat hokimligi matbuot xizmati.

Foto: Buxoro viloyati hokimligi matbuot xizmati

Barça qulayliklarga ega Buxoro viloyat köz kasalliklari şifoxonasining yangi uç qavatli binosi qurilişini «Omega Agro Stroy» MÇJ bunyodkorlari amalga oşirdi. Bu maqsadda mahalliy budjetdan 5 mlrd 200 mln söm mablağ ajratildi. Şuningdek, şifoxona 1,2 mlrd sömlik zamonaviy tibbiy diagnostika vositalari, jihozlar bilan ta'minlandi. 

Foto: Buxoro viloyati hokimligi matbuot xizmati

«Yangi bino şifokorlar uçun ham, bemorlar uçun ham qator qulayliklarga ega, — deydi viloyat soğliqni saqlaş boşqarmasi boşliği Ilhom Narziyev. — Şifoxonada bemorlar uçun maxsus va umumiy xonalar mavjud. Eng muhimi, odamlarning ovoragarçiligiga nuqta qöyildi. Bu şart-şaroitlar bemorlarga öz vaqtida malakali tibbiy xizmat körsatiş imkonini beradi». 

Foto: Buxoro viloyati hokimligi matbuot xizmati

Şifoxonaning oçiliş marosimida viloyat hokimi Öktam Barnoyev, respublika köz mikroxirurgiya jarrohlik markazi va viloyat soğliqni saqlaş boşqarmasi rahbar-xodimlari, viloyat faollari, keng jamoatçilik vakillari iştirok etişdi.

Endi viloyat köz kasalliklari şifoxonasining yangi binosi aholiga yuqori malakali ixtisoslaştirilgan tibbiy yordam körsatiş bilan birga köz kasalliklari profilaktikasi, diagnostikasi va davolaşning zamonaviy ilğor usullari qöllaniladi.