Bugun, 4 iyun kuni Pro-ligada bölib ötişi belgilangan 9-tur uçraşuvlaridan ikkitasi texnik hisob qayd etilgani bois ötkazilmaydigan böldi.

PFL Buxoroning «Zarangari» va «Ittifoq» klublariga texnik mağlubiyat yozdi.

«Ittifoq» çempionatda 8ta tur ortda qolganiga qaramay, hamon badal pulini tölab bölmagani uçun, «Zarangari» esa safar öyiniga bormagani sababli maydonga tuşmay turib yutqazdi.

9-turda «Ittifoq» «Zomin» mehmoni bölişi, «Zarangari» esa «Orol» maydoniga safar qilişi kerak edi.

E'tiborlisi, «Zarangari»ga 3-turda ham «Zomin» bilan öyinga belgilangan vaqtda yetib kelmagani tufayli texnik mağlubiyat yozilgandi.

Mazkur holatda, PFL boş direktorining sport işlari böyiça örinbosari Diyor Imomxöjayevning öz Telegram-kanalida ma'lum qilişiça, klub reglamentga asosan musobaqadan çetlaştirilişi kerak. «Zarangari» litsenziyasining qaytarib olinişi masalasi ÖFA tegişli qömitasi tomonidan körib çiqiladi.

Bundan taşqari, «Zarangari» rasmiylarining ÖzPFL’ga ma'lum qilişiça, 5-turdan örin olgan Navoiyning «Ittifoq» klubiga qarşi uçraşuvda bir qator futbolçilar totalizatorda iştirok etgan.

«Şundan kelib çiqib, ÖFA maxsus inspeksiyasi mazkur jamoalar işini örganişni boşlaydi. «Zarangari» klubidan röyxatdan ötgan futbolçilar bu iş böyiça yakuniy xulosa çiqarilmaguniga qadar boşqa klublardan röyxatdan ötkazilmasligi katta ehtimol», – deb yozadi Imomxöjayev.

«Xullas, futbol rivojiga bolta urayotgan futbolçi va murabbiylar sekin-sekin çiqib kelyapti», – deya qöşimça qilgan u.

Ma'lumot uçun, «Zarangari» va «Ittifoq» klublari Ğarb mintaqasida 8 jamoa orasidan mos ravişda 6- va 8-örinlarni egallab turibdi.

«B» Pro-liga, 9-tur
4 iyun, seşanba
17:00 Rubin — Lokomotiv-BFK
17:00 Yaşnobod — Bunyodkor-2
17:00 Raş-Milk — Turon
17:30 Çiğatoy — Andijon-2