Joriy yilning 31 mayidan 1 iyunga ötar keçasi butun dunyo mömin-musulmonlari ming oydan afzal sanalgan “Laylatul qadr” keçasini kutib oldi. Özbekistonda ham mazkur muqaddas keçaning şukuhi va tarovati özgaça böldi. Bu esa xorij ommaviy axborot vositalari, jumladan, Buyuk Britaniya hamda Saudiya Arabistonining qator naşrlari e'tiboriga tuşdi.

Uşbu naşrlarda özbekistonlik minglab musulmonlarning “Laylatul qadr” keçasidagi holati, ularning xatmonada qoim bölişlari aks etgan. Dron orqali olingan uşbu suratlarda Qadr keçasining şukuhi va Qur'oni karim xatmonasi uçun töplangan insonlarning yirik jamoatini köriş mumkin.
Haqiqatan, ham bu yilgi Ramazon oyida Özbekistondagi jami jome masjidlarda Qur'on xatmonalari çiroyli suratda ötkazildi. Unda minglab mömin-musulmonlar qoim böldi. Köpdan köp duolar qilindi, qalbdan yaxşi niyatlar qilindi.
























