«Yurtdoşlarimiz har yili Ramazon oyini xursandçilik bilan kutib olganlari kabi bu oyning oxirgi ön kunligini ham orziqib kutadilar. Çunki oxirgi ön kunlikda ming oydan ham yaxşi, duolar ijobat böladigan barokatli Qadr keçasi bor. Bu keça haqida Qur'oni karimda butun boşli “Qadr” surasi nozil bölgan:

﴿إِنَّا أَنْزَلْنَاهُ فِي لَيْلَةِ الْقَدْرِ  وَمَا أَدْرَاكَ مَا لَيْلَةُ الْقَدْرِ  لَيْلَةُ الْقَدْرِ خَيْرٌ مِنْ أَلْفِ شَهْرٍ  تَنَزَّلُ الْمَلَائِكَةُ وَالرُّوحُ فِيهَا بِإِذْنِ رَبِّهِمْ مِنْ كُلِّ أَمْرٍ  سَلَامٌ هِيَ حَتَّى مَطْلَعِ الْفَجْرِ ﴾ (سورة القدر/1-5)

ya'ni:

"Albatta, Biz U (Qur'on)ni Qadr keçasida nozil qildik. (Ey Muhammad) Qadr keçasi nima ekanini Sizga ne ham anglatur?! Qadr keçasi ming oydan yaxşirokdir. U (keça)da fariştalar va Ruh (Jabroil) Parvardigorining izni ila (yil davomida qilinadigan) işlar (rejasi) bilan (osmondan yerga) tuşarlar. U (keça) tong otguniça salomatlikdir" (Qadr surasi, 1-5 oyatlar).

Payğambar alayhissalom uşbu keçani ibodat bilan ötkazişga tarğib qilar edilar. Lekin bu keçada öqiladigan maxsus namozni belgilab bermaganlar, odatdagidek tarovih va tahajjud namozlari öqiladi.

Hadisi şariflardan birida Nabiy alayhissalom şunday deganlar:

)"مَنْ قَامَ لَيْلَةَ الْقَدْرِ إِيمَانًا وَاحْتِسَابًا غُفِرَ لَهُ مَا تَقَدَّمَ مِنْ ذَنْبِهِ" (رَوَاهُ الامَامُ البُخَارِيُّ وَالامَامُ مُسْلِمٌ

ya'ni: “Kim Laylatul Qadr keçasini imon va ixlos bilan bedor ötkazsa, uning şu keçagaça qilgan gunohlari mağfirat qilinur” (Imom Buxoriy va Imom Muslim rivoyat qilganlar).

Demak, uşbu fazilatli keçani köproq ibodat, namoz, zikr, Qur'on tilovati hamda iltijo, tazarru' duolar bilan ötkazişimiz kerak. Inson özining ota-onasi va yaqinlarining haqqiga ofiyat va saodat, yurt tinçligi va turli balolarni daf bölişini sörab, duo qilişi ayni muddaodir. Ayniqsa, uşbu keçada Payğambar sallallohu alayhi vasallam ta'lim berganlaridek:

"اللَّهُمَّ إِنَّكَ عُفُوٌّ كَرِيمٌ تُحِبُّ الْعَفْوَ فَاعْفُ عَنَّا"

ya'ni: “Ey Alloh, albatta, Sen gunohlarni afv qiluvçisan, afv qilişni yaxşi körasan, bizlarni afv et!” – duosini köp aytiş mustahabdir.