5 iyun kuni Chexiya poytaxti Praga shahrida o‘n minglab kishilar mamlakat bosh vaziri Andrey Babishga qarshi norozilik aksiyalari boshlashdi. Reuters xabariga ko‘ra, ular mansabini suiiste'mol qilishda gumonlanayotgan hukumat rahbari iste'fosini talab qilishmoqda.
Tashkilotchilarning baholariga ko‘ra, Pragadagi Vatslavsk maydoniga qariyb 120 ming kishi to‘plangan. Bu aksiya Pragada 1989 yilda o‘tkazilgan «Baxmal inqilobi»dan buyon o‘tkazilgan eng yirik namoyish bo‘lmoqda. 30 yil oldingi namoyishlarda yuz minglab kishilar ishtirok etgan va yakunda huquq faoli Vatslav Gavel ChSSR (Chexoslovakiya) prezidentiga aylangandi.
Bosh vazir va milliarder Andrey Babishga qarshi norozilik kayfiyati aprel oyi oxirida kuchaygandi. O‘shanda Chexiya politsiyasi hukumat rahbari firibgarlik ishi bo‘yicha sudga tortilishi kerakligini ma'lum qilgandi. Namoyishchilar Chexiya Adliya vazirligining yangi rahbari Mariya Beneshova ham mazkur ishga aloqadorligini gumon qilishmoqda.
Babish ishi Yevropa Ittifoqi tomonidan ajratilgan 2 million yevro miqdoridagi subsidiyani bosh vazir bilan aloqador kompaniya qo‘lga kiritgani bilan bog‘liqdir. Babishning o‘zi ayblovlarni inkor etmoqda va bu ish siyosiy raqiblari tomonidan tashkillashtirilganini iddao qilmoqda.
Ko‘chalarga kimlar chiqdi?

«Demokratiya uchun million lahza» guruhi aprel oyi oxiridayoq ommaviy namoyishlarni tashkillashtira boshlagandi. Oxirgi marta, o‘n kuncha muqaddam Vatslavsk maydoniga 50 ming kishi yig‘ilgandi.
Tashkilotchilarning so‘zlariga ko‘ra, seshanba kuni namoyishchilar soni ikki barobar ortgan. Bu esa Pragada so‘nggi 30 yildagi eng yirik namoyishlar bo‘lib o‘tmoqda, deganidir.
Namoyishchilar qo‘llariga Babishning «ket» yozuvi tushirilgan portretlarini ko‘tarib olishgan. Shuningdek, bosh vazir jinoyatlarda ayblangan sahna ko‘rinishlari namoyish etilmoqda.
Demonstrace na Václavském náměstí.
— Jan Kordovský (@korda) 4 iyunya 2019 g.
Note to self: příště si vem stativ. #milionchvilek #praha pic.twitter.com/WjggLz96tM
















