Farğona viloyat prokuraturasi tomonidan «Quvasoysement» OAJning mansabdor şaxslari va boşqalarga nisbatan 2012 yil 16 aprelda qözğatilgan va keyinroq muzlatib qöyilgan jinoyat işi tiklandi.

«Aniqlanişiça, «Quvasoysement» OAJ boş direktori, Qozoğiston fuqarosi S.D. va boşqalar tomonidan tamagirlik, özganing işonib topşirilgan juda köp miqdordagi mulkini talon-toroj qiliş, mansab vakolatini suiiste'mol qiliş, mansab soxtakorligi, savdo qoidalarini hamda ekologiya xavfsizligiga oid normalarni buziş jinoyatlarini sodir etişib, davlat va aksiyadorlar manfaatlariga 58 mlrd. söm moddiy zarar yetkazişgan.

Uşbu zararni undirilişini ta'minlaş maqsadida 57,5 mlrd. söm pul xatlangan.

S.D. tergovdan yaşiringani sababli unga JKning 165-moddasi 3-qismi «a» bandi va boşqa moddalari bilan sirtdan ayblov e'lon qilinib, qamoqqa oliş tarzidagi ehtiyot çorasi qöllanilib, qidiruv e'lon qilingan va işni unga nisbatan qismi JPKning 364-moddasi 1-qismi 2-bandiga asosan töxtatilgan.

«Quvasoysement» OAJ boş xisobçisi D.M. va boşqalarga nisbatan jinoyat işining qismi sudga yuborilib, JIB viloyat sudi tomonidan 12.12.2012 yilda körilib, depozit hisob-raqamda saqlanayotgan pullardan 38,1 mlrd. sömi qonuniy egalariga ötkazilgan.

Qolgan 19,4 mrd. söm pullar S.D. e'lon qilingan ayblov bilan boğliq bölganligi va u qidiruvda ekanligi sababli ularning taqdiri tergov natijasiga köra sud tomonidan qonuniy hal etiladi.

03.06.2019 yilda Farğona viloyat prokuraturasi tomonidan jinoyat işi böyiça dastlabki tergov harakatlari tiklangan», deyiladi Boş prokuratura matbuot xizmati Kun.uz’ga bergan xabarda.

Qöşimça qilinişiça, sud hukmi bilan pulning katta qismi qonuniy egalariga - hissadorlarga qaytarilgan, qolgan qismi tergov yakunidan keyin sud hukmi asosida hal etiladi.