Bolalarni qanday qilib to‘g‘ri tarbiyalash mumkin? Internetda tajribali ota-onalarning maslahatlari asosida yaratilgan minglab kitoblarni topasiz. Biroq oddiy o‘rtacha statistik bolani shakllantirishning nima keragi bor? Badavlat otalar farzandlari kamida o‘zlari kabi muvaffaqiyatga erishishi uchun nimalarni o‘rgatishayotgani haqida ma'lumot olish ancha qiziqroq.
Sayyoraning eng badavlat kishilari ro‘yxatini o‘rganib, butun dunyodagi mashhur korporatsiya vorislarini tarbiyalash borasidagi ayrim faktlarga oydinlik kiritdik. Balki ulardan ba'zilari sizga ham asqotar.
Rokfellerlar sulolasi, Rockefeller & Co boshqaruvchilari

Rokfellerlar oilasining eng qadimiy an'analaridan biri - oilaviy uchrashuvlar. Bunday yig‘ilishlar yiliga ikki marta tashkil etiladi. Bitta xonada 100 dan ortiq odam to‘planadi. Bank sohasining yetuk vakillari sulolasida 21 yoshdan katta oila a'zolari uchun forumlar o‘tkazish ham odat tusiga kirgan. Ushbu tadbirlarda muhim masalalar, jumladan biznesga oid bo‘lganlari ham muhokama qilinadi.
Rotshildlar oilasi, N M Rothschild & Sons kompaniyasi egalari

Bu suloladagi an'analar qonunlar to‘plamini yodga soladi. Masalan, biznesdagi muhim lavozimlarni faqat oila a'zolari egallashi mumkin, yollanma ishchilarga bunday vakolat berilmaydi. Ishga faqat erkaklar kirishishlari mumkin, bevosita merosxo‘rlar ham aynan ular sanaladi.
Mari Shantal, Duty Free imperiyasi merosxo‘ri, va Gretsiya taxti shahzodasi Pavel

Mari Shantal bola tarbiyasida intizom muhim deb hisoblaydi. Dastlab darslar, keyin sayr, undan keyin esa uyga o‘z vaqtida qaytish kerak. Bolalar doim tartibli, ozoda ko‘rinishda bo‘lishi lozim. Tozalikka nafaqat tashqi ko‘rinishda, balki xonalarda ham rioya etilishi muhim. Yosh millionerlar o‘z xonalarini o‘zlari tartibga keltirishlarini aytib o‘tish ham ortiqchalik qilmaydi.






















