Ğarbning 16 ta davlati yetakçisi 5 iyunda sayyoramizda Ikkinçi jahon uruşi dahşatlari takrorlanişiga yöl qöymaslik haqidagi deklaratsiyani imzolaşdi. Uşbu hujjatning bir qismini Buyuk Britaniya boş vaziri Tereza Mey devonxonasi e'lon qildi.
Hujjat Britaniyaning Porsmutida Ikkinçi jahon uruşi vaqtida Normandiyaga ittifoqçi kuçlar taşlanişining 75 yilligiga atalgan tantanalar vaqtida imzolandi.
Davlatlar yetakçilari va boş vazirlari uruşning dahşatlari boşqa takrorlanmasligini ta'minlaşga birgalikda javobgar ekanliklarini tasdiqlaşgan.
“Oxirgi 75 yil davomida xalqlarimiz Yevropa va butun dunyoda tinçlik, demokratiya, sabr-toqatlilik va qonun ustuvorligi bölişi uçun kuraşib kelişgan. Bugun biz bu umumiy qadriyatlarga sodiqligimizni yana bir bor tasdiqlamoqdamiz, çunki ular davlatlarimiz va xalqlarimiz barqarorligi va farovonligini qöllab-quvvatlaydi. Biz ittifoqçilar va döstlar kabi bu erkinliklarni ularga har gal xavf solinganda himoyalaymiz”, deyilgan hujjatda.
Ğarb yetakçilari özaro ziddiyatlar qolayotgan sohalarda yaqinlaşiş nuqtalarini topiş uçun işlaş va xalqaro muammolarni hal qilişga yönaltirilgan birgalikdagi işni olib boriş majburiyatini öz zimmalariga olişgan.
Tantanalarda Britaniya qiroliçasi Yelizaveta II, boş vaziri Tereza Mey, AQŞ prezidenti Donald Tramp, Kanada boş vaziri Jastin Tryudo, Avstraliya boş vaziri Skott Morrison, Germaniya kansleri Angela Merkel, Fransiya prezidenti Emmanyuel Makron, Yevropaning yana köplab davlatlari yetakçilari, ittifoqçi qöşinlar faxriylari iştirok etişgan.
Normandiya uçun jang 1944 yil 6 iyunga ötar keçasi boşlanib, 19 avgustda yakunlangan.
1944 yilning 6 iyunidan 24 iyuligaça uşbu jangda ittifoqçi qöşinlar 122 minglik qöşinni, nemislar 117 ming kişini yöqotgan. 20 mingga yaqin tinç aholi halok bölgan.

















