Toşkent viloyat hokimiga yangi örinbosar tayinlandi.
Viloyat hokimligi matbuot xizmati xabar berişiça, 2019 yil 30 maydan Jamşid Abdusalamoviç Abdusalamov viloyat hokimi örinbosari - Investitsiyalar va taşqi savdo boşqarmasi boşliği lavozimida iş boşladi.
Jamşid Abdusalomov 2018 yilning sentyabridan buyon «Özbekenergo» AJ boşqaruv raisining istiqbolli rivojlantiriş va investitsiyalar böyiça örinbosari lavozimida işlab kelayotgandi.
24 may kuni Özbekiston Respublikasi Investitsiyalar va taşqi savdo vazirligi faoliyatini takomillaştirişga oid qöşimça çora-tadbirlar töğrisida prezident qarori bilan Özbekistonda hokimlarning örinbosarlari soni yana bittaga köpaygan va viloyat hokimi örinbosarlari viloyatning investitsiyalar va taşqi savdo boşqarmasi boşliği hisoblanişi belgilangandi.
Eslatib ötamiz, 4 iyun kuni Ğulomjon Inomoviç Ibragimov salomatligi tufayli boşqa işga ötişi munosabati bilan Toşkent viloyati hokimi lavozimidan ozod etilgan va uning örniga Toşkent viloyati hokimining qişloq va suv xöjaligi masalalari böyiça birinçi örinbosari Rustam Qurbonnazaroviç Xolmatov Toşkent viloyati hokimi vazifasini bajaruvçi etib tayinlangandi.











