Ğulomjon Inomoviç Ibragimov salomatligi tufayli boşqa işga ötişi munosabati bilan Toşkent viloyati hokimi lavozimidan ozod etildi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar bermoqda.
Qayd etilişiça, Özbekiston Respublikasi Prezidenti bu haqdagi tegişli farmonni imzolagan.
Toşkent viloyati hokimining qişloq va suv xöjaligi masalalari böyiça birinçi örinbosari Rustam Qurbonnazaroviç Xolmatov zimmasiga Toşkent viloyati hokimi vazifasini bajariş yuklatildi.

Davlat rahbari keça, 3 iyun kuni Nurafşon şahrida Toşkent viloyati faollari, hokimlar va sektorlar rahbarlari, respublika idoralari mutasaddilari iştirokida yiğiliş ötkazgandi.
Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev viloyat iqtisodiyoti, tumanlardagi ahvolni tanqid qildi.
«Özim yurib, respublikadan rahbarlar yuborib, eng dolzarb masalalarni hal qilyapmiz. Hamma joyda özgariş bölyapti. Toşkent viloyati nega uyğonmayapti? Vaqt şiddat bilan ötyapti. Har bir kun, har bir daqiqa ğanimat. Prezident siyosat yuritadi, imkon yaratadi. Mutasaddilar qattiq talab qilib, quyi tizimdagi rahbarlar jon kuydirib işlab, natijani ta'minlaşi kerak. Odamlar quruq gapga çidamaydi. Toşkent viloyatida quruq gap. Qani raqobat, qani ilm, qani natija, qani taşabbus», - dedi Şavkat Mirziyoyev.
Eslatib ötamiz, Ğulomjon Ibragimov viloyat rahbari lavozimida 2017 yilning oktyabrida paxta hosilini qöşib yozgani uçun işdan olingan Şukrullo Boboyev örnida iş boşlagandi. U 2018 yilning yanvarida Toşkent viloyati hokimi lavozimiga rasman tayinlangan.

















