Rossiyaning «Novaport» aeroportlar holdingi 2022 yilning bahorigaça Samarqand aeroporti rekonstruksiyasini yakunlaşni rejalaştirmoqda. Bu haqda «Novaport» egalaridan biri Roman Trotsenko xabar berdi, deb yozmoqda TASS.

«U yerda muddatlar bor [Özbekistondagi uçta aeroportni modernizatsiya qiliş böyiça loyihalarni amalga oşiriş]. Samarqand böyiça 2022 yil bahori - ŞHT sammitining ötkazilişi, şu vaqtga kelib Samarqand aeroporti töliq rekonstruksiya qilinişi lozim», - dedi u.

May oyi oxirida Özbekiston hukumati hamda Rossiyaga qaraşli «Novaport» kompaniyasi Samarqand, Namangan va Urganç aeroportlarini modernizatsiya qiliş böyiça şartnoma imzoladi. 

Ta'kidlaş joizki, «Novaport» kompaniyasi aktivida quyidagi aeroportlar bor:

1. Çita xalqaro aeroporti
2. Çelyabinsk xalqaro aeroporti
3. Tomsk xalqaro aeroporti
4. Astraxan xalqaro aeroporti
5. Volgograd xalqaro aeroporti
6. Novosibirsk xalqaro aeroporti
7. Tyumen xalqaro aeroporti
8. Murmansk xalqaro aeroporti
9. Perm xalqaro aeroporti
10. Kemerovo xalqaro aeroporti
11. Mineralnyye Vody xalqaro aeroporti
12. Kaliningrad xalqaro aeroporti.