Rossiyaning «Novaport» aeroportlar holdingi Qozoğiston aeroportlarida uluş sotib oliş böyiça muzokaralar ötkazmoqda. Bu haqda TASS xabar berdi.

«Hozirda Aqtöbe böyiça muzokara olib bormoqdamiz, biz uçun bu muhim ahamiyatga ega. Qozoğiston hukumatining Ostona, Nur-Sulton aeroportiga aloqador qarorini kutyapmiz, ammo, ehtimol, qaror kelgusi yil qabul qilinadi», - dedi «Novaport» egalaridan biri Roman Trotsenko.

Uning sözlariga köra, holding yana bir neça mamlakatlardagi aeroport aktivlari bilan qiziqmoqda.

«Bizga Qirğiziston, Qozoğiston, Özbekiston yoqadi, MDH yoqadi. Biz MDH hududida mustahkamlanib olişni istaymiz», - dedi Trotsenko.

Uning sözlariga köra, bitimlarning parametrlari muhokama qilinadi.

Bundan oldin, «Novaport» Samarqand aeroporti rekonstruksiyasini 2022 yilning bahorigaça yakunlaşni rejalaştirayotgani xabar berilgandi.