Rossiya Futbol Ittifoqining (RFI) Nazorat intizom qömitasi «Çayka» (Pesçanokopskoye) – «Çernomorets» (Novorossiysk) öyinini kelişilgan ekanini aniqladi.

Rossiyada nufuzi jihatidan uçinçi örinda turuvçi Professional Futbol Ligasi doirasida ötkazilgan öyinda «Çayka» 3:1 hisobida ğalaba qozongan edi.

Öyin  va uning atrofidagi tafsilotlar örganib çiqilganidan söng, RFI tomonidan bir qança qoidabuzarliklar aniqlangan.

Birinçidan, «Çayka» klubi bilan yuqori ligaga çiqiş uçun kuraşayotgan «Urojay» klubining rahbari Gradilenko «Çernomorets» klubiga ğalaba uçun 500 ming rubl mukofot va'da qilgan. Bu taklifni «Çernomorets» boş murabbiyi Dişekov öyindan oldin futbolçilarga e'lon qilgan.

Biroq, 1-bölimdan keyin, hisob 1:1 bölib turganida, «Çernomorets» himoyaçilari Pulyayev, Reznikov va Yudin xatolarga yöl qöyib, raqibning osonlikça 2ta gol urişiga imkon yaratib berişgan. Bu bilan «Urojay» klubi bilan kelişuvni buzişgan. Natijada, öyin paytida va öyindan keyin Pulyayev, Reznikov va Yudin bilan «Çernomorets»ning boşqa futbolçilari orasida nizo kelib çiqqan. Öz maqsadiga erişolmagan Gradilenko esa ijtimoiy tarmoqlarda öyinning kelişilgan ekani haqida jar solgan.

«Çernomorets» futbolçilari RFI tomonidan ötkazilgan suriştiruv jarayonida Pulyayev, Reznikov va Yudinning öyinni boy beriş evaziga kimdandir 1-2 million rubl olişi kerakligini (bu hali aniqlanmoqda) ta'kidlaşgan. Pulyayev, Reznikov va Yudin buni tasdiqlab, keyinçalik pulni hamma bilan bölişib olişni maqsad qilişganini aytişgan.

RFI aniqlangan faktlar böyiça quyidagiça qaror çiqardi: 

-  Gradilenko öyin natijasiga ta'sir qilişda aybdor deb topilib, 1 yilga futboldagi faoliyatdan çetlatildi.
-  Dişekov öyin natijasiga ta'sir qiliş uçun «Çernomorets» futbolçilariga bosim ötkazganlikda aybdor deb topilib, 1 yilga futboldagi faoliyatdan çetlatildi.
-  «Çernomorets» futbolçilaridan Reznikov, Yudin va Pulyayev 3 yilga diskvalifikatsiya qilindi.
-  Öyin natijasi özgarişsiz qoldirildi, çunki qöşimça suriştiruv işlari davom etmoqda.

RFI ma'lumotiga köra, hozirgi kunda öyin va uning atrofidagi tafsilotlar huquqni himoya qiliş idoralari tomonidan ham örganilmoqda.