Tanamizdagi nozik sozlamalarni nazardan qochirsak, «Kamroq tanovul, ko‘proq harakat» formulasi doim ham ishlamasligi mumkin
1. O‘zini past baholash
Haddan tashqari shaxsiy talabchanlik hayot ranglarini qorong‘ilashtiradi va bel aylanasi hajmini oshiradi. Ozdirish sanoati vakillari semizlikdan aziyat chekuvchi odamlarni o‘zini yomon his qilishga majbur qiluvchi va tanasiga ortiqcha tanqidiy yo‘l bilan munosabatda bo‘lishga majbur qiluvchi yo‘lni ishlab chiqishgan. Natijada, bu ayyorlikka uchgan shaxs tabletkalar, vazn kamaytiruvchi vosita va to‘g‘ri ovqatlanish rejalariga bir qop pul sarflab yuborishi mumkin. Ular esa katta ehtimol bilan samarasiz bo‘lib chiqadi.
Shaxsiy ishonchi kam odamlar omadsizlikka uchrashganda aldamchilarni emas, o‘zlarini ayblashadi. Ko‘ngillari vayron bo‘lib, qo‘l siltashadi va o‘zlarini ovqatdan tiyishni bas qilishadi. Ozgina vaqt o‘tib yana «ozdiruvchi» vositalarni sotib olishga kirishishadi. Lekin buning ortida «yo-yo effekti» deb nomlangan kuchli oziqlanish cheklovdan keyin insonning xalos bo‘lganiga nisbatan yanada ko‘proq vazn olishiga turtki bo‘luvchi natija hosil bo‘ladi.
Qanday kurashamiz?
Shaxsiy qattiqqo‘llikni kamaytirishning eng oddiy yo‘li bu psixolog bilan ishlashdir. Mutaxassis miyangizni «ta'mirlaydi», bu esa hayotingizni soddalashtiradi. «B» rejasi ham mavjud: samara beruvchi yo‘llar orqali o‘z tanangiz formasini to‘g‘rilash. Masalan, kaloriyalarni hisoblash. Ha, kichik tafovutlar kelib chiqishi ham mumkin.
2. Hayajonlanganda ko‘p tanovul qilish
Ovqat asosan yog‘li va shirin bo‘lganda o‘zini qulayroq his qilishga yordam beradi. Shuning uchun ham aksariyat odamlar har qanday tushunarsiz holatga tushishsa, chaynashga biror nima qidirib qolishadi. Ayollar stressga berilganda tamaddiga berilishsa, erkaklar zerikishning o‘rnini yeguliklar bilan bosishadi.
Buning natijasida siz ortiqcha kaloriyaga ega bo‘layotgan paytingizda tana harakati o‘rniga miyangiz ishlab turgani uchun yog‘ qatlamlari hosil bo‘lib boradi.
Qanday kurashamiz?
Agar siz yuqoridagi muammoni boshingizdan o‘tkizayotgan bo‘lsangiz, tanovulingiz haqida kundalik tuting. Nafaqat nima yeganingizni, balki uning sababini ham yozing. Masalan, siz tushlikka sendvich tayyorladingiz, chunki och edingiz. Kechki paytga esa ishdan chalg‘ish maqsadida shokoladni paqqos tushirganingiz haqida yozasiz. Qachonki haqiqiy sabablarni tushunib yetib, qonuniyatlar namoyon bo‘lganida ovqatlanish tarzingizni nazoratga olish osonroq kechadi.

















