Buyuk Britaniya boş vaziri Tereza Mey va AQŞ prezidenti Donald Tramp muhokama qiladigan mavzulardan biri göyoki Rossiya tomonidan bölayotgan kibertahdidlar haqida böladi. Bu haqda Bi-bi-si radiostansiyasiga bergan intervyusida Britaniya taşqi işlar vaziri Jyeremi Xant ma'lum qildi.
"Biz birgalikda işlaşni istagan mavzularni muhokama qilamiz. Misol keltiraman. Bizni Rossiyaning ğarb davlatlarida, ayniqsa Ukrainada demokratik jarayonlarni beqarorlaştiriş uçun öz kiberimkoniyatlaridan yanada köproq foydalanayotganligi taşvişga soladi. Biz bu holatni qanday bartaraf etişni muhokama qilamiz", - dedi Xant.
Uning sözlariga köra, ikki yetakçi uçraşuvida şuningdek, Eron mavzusi va Yamandagi vaziyat muhokama qilinadi.
AQŞ prezidenti Donald Tramp duşanba kuni rafiqasi Melanya hamrohligida Buyuk Britaniyaga davlat taşrifi bilan keldi. Taşrif 5 iyunga qadar davom etadi.

















