Xitoyning Tszyan Tszin va Tszyulunpo şaharlarida bölib ötgan yengil atletika böyiça Osiyo Gran-prisida Özbekiston terma jamoasi vakillari musobaqaning ikkinçi bosqiç yakuni böyiça ham 1 tadan oltin va bronza medallarini qölga kiritişdi. Bu haqda Milliy olimpiya qömitasi matbuot xizmati xabar berdi. 

Xabar qilinişiça, Nadiya Dusanova balandlikka sakraş sektorida xuddi birinçi bosqiçdagidek 1.89 metr natija bilan zafar quçdi. 

Bronza medalini esa bu gal Nigina Şaripova 100 metrga yuguriş bahsida qölga kiritdi. 

Balandlikka sakraş böyiça keyingi örinlarni Van Tsuyeyi (Xitoy) va Nadejda Dubovitskaya (Qozoğiston) egallagan bölsa, 100 metrga yuguriş bahsida 1-örin Olga Safronovaga (Qozoğiston), 2-örin Kristina Knottga (Filippin) nasib etdi.