Bandai yapon kompaniyasi 90-yillarda maşhur bölgan tamagoçi öyinçoğining yangi avlodini namoyiş etdi. Zamonaviy talqin Tamagotchi On deb nomlanadi: unda jonivorlar oila qurişi va köpayişi mumkin.

Öyinçoqni Gizmodo naşriyoti jurnalistlari sinab körişdi. Öyinning mohiyati özgarmagan: foydalanuvçi jonivor haqida qayğurişi, ovqatlantirişi va sayrga olib çiqişi, davolaşi va ölib qolmasligi uçun ğamxörlik qilişi kerak.

Tamagoçi brelogining hajmi 2 dyuym örniga 2,5 dyuymga ortdi. Qurilma ekrani endi oq-qora emas, rangli. Qurilmaning özini smartfon yoki planşetga ulaş mumkin.

Gadjetlarga ulaş imkoniyati tufayli tamagoçi öyinçilari bir-biri bilan hamkorlik qilişlari mumkin. Jonivorlarni boşqa qurilmaga ta'tilga yuboriş, boşqa tamagoçilar bilan oila qurgiziş hamda köpaytiriş mumkin.

Işlab çiqaruvçining rasmiy saytida yangi tamagoçi savdolarining startiga qadar teskari vaqt hisobi işga tuşirilgan. Öyinçoq savdoga şu yilning iyul oyida çiqariladi.

Amazon’daTamagotçi On ga oldindan buyurtma xizmati oçilgan. Uning narxi 59,99 dollar.