2019 yil 10 iyunda Özbekistonning qator OAV vakillari iştirokida Özbekiston Fanlar Akademiyasi Yadro fizikasi institutiga press-tur taşkil etildi. Unda Institut, undagi SM-Suv-suvli reaktor faoliyati, Institut tarkibidagi «Radiopreparat» korxonasi, bu yerda işlab çiqarilayotgan preparatlar xususida atrofliça ma'lumot berildi. 

Özbekiston FA prezidenti, Yadro fizikasi instituti direktori Behzod Yöldoşev uşbu maskan taşkil etilişi, uning ilmiy yutuqlari, bugungi kunda ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokamalarga sabab bölayotgan Özbekistonda AES qurilişiga doir keng tuşunçalar va izohlar berdi. 

Mazkur ilmiy-tadqiqot instituti 1956 yilda taşkil etilgan bölib, yadro fizikasi, qattiq jism va materialşunoslik radiatsiyaviy fizikasi, faollaştiriş tahlili va radiokimyo, ilmiy asbobsozlik, axborot texnologiyalari yönalişida ilmiy tadqiqotlar olib boriladi. 

Bundan taşqari, ma'lum qilinişiça, ayni şu maskanda tibbiyot asboblarini gamma-nurlaniş orqali xavfsiz ravişda zararsizlantiriş va sterillaş kabi işlar amalga oşiriladi. 

 «Radiopreparat» korxonasida işlab çiqiladigan ayrim turdagi izotoplar va radionukleid moddalari tozaligi va sifatliligi böyiça dunyoda yetakçi örinlarda turadi. Bu korxona dunyoning AQŞ, Germaniya, Xitoy, Ukraina kabi 10dan ortiq mamlakatiga sifatli radionukleid preparatlarni yetkazib beradi. U dunyoning şu kabi mahsulotlar işlab çiqaruvçi yetakçi 20ta korxonasidan biri hisoblanadi.