Kun.uz tahririyatiga Qaşqadaryo viloyati, Koson tumanidagi «Yuksaliş» mahallasi aholisidan murojaat kelib tuşdi.

Murojaatda aholi mahallaning Bölmas qişloğidagi tibbiyot maskani faoliyatidan noroziligini, mutasaddilar tomonidan muammolari ijobiy hal etilmayotganini bayon etgan.

Mazkur masalani joyida örganiş maqsadida uşbu mahallada böldik. Aholi e'tirozlarini tinglab, ular aynan nimadan noroziligi va masala mohiyatiga oydinlik kiritdik.

Ma'lum bölişiça, bir neça yillardan buyon Bölmas qişloğidagi tibbiyot maskani aholiga köp tarmoqli tibbiy xizmat körsatib kelgan. 2017 yilda uşbu tibbiyot muassasi örnida «Bölmas» qişloq oilaviy poliklinikasi filiali taşkil etilgan. Aynan şu aholining noroziligiga sabab bölgan.

«Avval bu tibbiyot muassasasi juda gavjum edi. Bemorlar yotib davolanişardi. Hozir bu katta binoda faqat filial faoliyat olib bormoqda. Tölaqonli tibbiy muolaja olişning imkoni yöq. Şuning uçun filial emas, balki oilaviy poliklinika bölişini xohlaymiz», – deydi mahalla faollari biz bilan suhbatda.

Mazkur masala yuzasidan Koson tumani tibbiyot birlaşmasi boşliği O.Narbayev bilan suhbatlaşdik.

Uning ma'lumot berişiça, qişloqdagi tibbiyot muassasasi 2013 yilda Bölmas qişloq uçastka şifoxonasi tugatilgandan keyin Guvalak qişloq vraçlik punkti Bölmas bölimi sifatida faoliyat körsatgan. Prezidentning 2017 yil 29 martdagi «Özbekiston Respublikasida birlamçi tibbiy-sanitariya yordami muassasalari faoliyatini taşkil etişni yanada takomillaştiriş çora-tadbirlari töğrisida»gi qarori asosida 1-sonli «Bölmas» qişloq oilaviy poliklinikasi filiali taşkil etilgan. Uşbu tibbiyot muassasi tumanniing «Yuksaliş», «Ayronçi», «Etak» va «Uşoqtepa» mahallalarining 25 ming 977 nafar aholisiga tibbiy xizmat körsatadi.

Murojaatçilarning ta'kidlaşiça, bu masalada Soğliqni saqlaş vazirligi vakillari, viloyati hokimi va deputatlar kelib bir neça marta örganiş olib borgan, mutasaddilar tomonida har gal va'dalar berilgan bölsa-da, bu muammo ijobiy hal etilmayapti.