Majburiy ijro byurosi Jizzax viloyat boşqarmasi tezkor xodimlari tomonidan Jizzax viloyati Şarof Raşidov tumani «Gandumtoş» mahallasida joylaşgan xususiy korxonaga qaraşli ğişt işlab çiqariş sexi közdan keçirilganda tabiiy gazdan noqonuniy foydalanib kelinayotgani aniqlangan. Bu haqda Majburiy ijro byurosi Kun.uz’ga ma'lum qildi.

Ya'ni, bunda huquqbuzar korxonaga örnatilgan elektron gaz hisoblaş uskunasining filtr qismiga pölat sim ötkazib, hisobga oliş priborlarini körsatgiçini töxtatib qöyişni maqsad qilgan.

Holat yuzasidan, Jizzax viloyat böyiça gaz ta'minoti hududiy filialining hisob-kitob xulosasiga köra, 56ta gorelka va 28ta kamera bölgan uşbu xususiy korxona tomonidan ta'minotçi korxona manfaatiga 66 million 576 ming söm miqdorda zarar yetkazgani aniqlangan.

Noqonuniy xatti-harakat böyiça korxona rahbari bugungi kunda puşaymon ekanligini bildirib, yetkazilgan zararni töliq qopladi.