Jismoniy maşqlarsiz ham quvvat sarfini biroz oşiriş mumkin. Bu olimlar tomonidan tasdiqlangan deya ta'kidlamoqda Layfxaker.

1. Xonada past haroratni uşlab turişga harakat qiling
Xonadagi salqin haroratni, ayniqsa uyqu vaqtida uşlab turişga va köproq toza havoda bölişga harakat qiling. Sovuq organizmni isitiş uçun quvvat sarflaydigan yoğ töqimasi – qönğir yoğ miqdorini oşiradi.
2014 yilda ötkazilgan tadqiqotlar qönğir yoğ mavjud bölganida uzoq vaqt davomida (5-8 soat) sovuq xonada böliş quvvat sarfini ança oşiradi, glyukozaning butun tana böylab utilizatsiyasini tezlaştirib, insulinga bölgan sezuvçanlikni oşiradi.
Françesko Tseli (Dr. Francesco S. Celi) va Pol Li (Dr. Paul Lee) tadqiqoti esa sovuq xonada (19 °S) bir davomida muntazam uxlaş qönğir yoğ hujayralari hajmini 42 foizga oşiradi, ularning metabolik faolligi esa 10 foizga ortadi. Bundan taşqari, tadqiqot iştirokçilarida leptin (iştahani böğuvçi gormon) va adiponektin (insulinga bölgan sezuvçanlikni oşiradi)ning miqdori ortgan.
2. Köproq polda ötiring
Agar televizorni tomoşa qilayotganda yumşoq divan yoki kresloda emas, polda ötirsangiz, tanani muayyan holatda uşlab turiş uçun köproq muşaklar «çiranadi». Şuningdek, polga ötiriş va undan turib oliş uçun ham köproq quvvat sarflanadi.
Tanamiz töliq ötirişni amalga oşiriş uçun möljallangan, zamonaviy odam esa kun davomida yarim diapazonnigina bajaradi. Natijada asta-sekin egiluvçanlik va böğimlar harakatçanligini yöqotamiz.
Harakatlanişning töliq diapazonini qaytariş orqali gavdani tutiş yaxşilanadi, muşak va paylar egiluvçanligini qöllab-quvvatlaysiz va hatto umringizni uzaytirasiz. 2012 yilda braziliyalik olimlar tomonidan ötkazilgan tadqiqot polga ötiriş va undan qöllar yordamisiz tura olmaslik keksalikda ölim xavfini oşirişini körsatdi.
Polda ötirgan holda televizor tomoşa qilişingiz yoki videoöyinlar öynaşingiz, telefonda suhbatlaşişingiz, kitoblar öqişingiz, hatto ovqatlanişingiz ham mumkin: aynan şu vaqtdagi harakatlar ovqat hazm qiliş jarayonini yaxşilaydi.










