Toşkent viloyatidagi Ohangaron tumanida yangi hokim iş boşladi.
Kun.uz manbasi xabariga köra, avvaliga tuman hokimi lavozimiga tayinlangani aytilgan Odiljon Jörayev Ohangaron şahriga hokim böladi. Ayni vaqtda Senat Ohangaronga şahar maqomini tasdiqlaşi kutilmoqda, şundan söng Jörayev şahar hokimi lavozimga tasdiqlanadi.
Ohangaron tumaniga esa Öktam Tursunov yangi hokim etib tayinlangan. U turli yillarda viloyat va respublika miqyosidagi turli lavozimlarda işlagan.
Şavkat Mirziyoyevning «Toşkent viloyatining ma'muriy-hududiy tuzilişini hamda mahalliy ijroiya hokimiyati organlari faoliyatini yanada takomillaştiriş çora-tadbirlari töğrisida»gi qaroriga köra, Yangiyöl va Ohangaron yana viloyat böysunuvidagi şaharlarga aylantiriladi. Yetti yil avval ular tuman böysunuviga ötkazilgan edi.
21 iyul kuni prezident taşrifidan keyin Ohangaron tumani va Angren şahri hokimlari Rustam Ubaydullayev hamda Ibrohim Rahmonov işdan olingandi.
2007 yildan buyon Özbekiston favqulodda vaziyatlar vaziri örinbosari bölib işlab kelgan Hakimjon Abdulazizov Angren hokimi sifatida iş boşladi.
Şuningdek, öz vaqtida Navoiy viloyati prokurori vazifasini bajaruvçi sifatida faoliyat körsatgan, 2012—2015 yillarda Toşkentning Mirzo Uluğbek tumani prokurori bölgan Abduqahhor Töxtaboyev esa Yangiyöl tumaniga hokim etib tayinlandi.

















