Axborot va ommaviy kommunikatsiya agentligi direktori Komil Allamjonov özining tvitterdagi sahifasida Davlat soliq qömitasiga murojaat qilib, bloger Aziz Aşurbayev bilan boğliq holatni örganib çiqilib, inspektorning xatti-harakati qonunga zidligi aniqlansa unga nisbatan çora körilişini söragan.
Soliq idorasi xodimlari bloger Aziz Aşurbayevning telefoni va uning «Instagram» tarmoğidagi sahifasini olib qöyişgani haqida ma'lumot kelib tuşdi. Davlat soliq qömitasidan uşbu holatni örganib, agarda inspektorning xatti-harakati qonunga zid bölsa, çora körilişi talab qilinadi.
Soliqçilarimiz blogerlarni soliqqa tortiş yoki ularga qarşi yuqoridagidek zöravonlik qilişdan avval tizimdagi korrupsiyani yöqotiş, xufiyona iqtisodiyotga qarşi kuraşiş kabi eng dolzarb muammolarni hal etsalar, jamiyatga va iqtisodiyotga köproq foyda keltirgan bölar edilar.
Şuni alohida ta'kidlaşni istar edimki, yurtimizdagi barça jurnalist va blogerlar Agentligimiz himoyasi ostida. Ularga nisbatan har qanday noqonuniy xatti-harakatga qarşi turişga tayyormiz!», deya yozib qoldirgan Allamjonov tvitterdagi sahifasida.
Eslatib ötamiz, avvalroq Davlat soliq qömitasi blogerlarning ijtimoiy tarmoqlardagi kanallar, personal sahifalarda reklama joylaşi va şu yöl bilan daromad orttirişiga «noqonuniy faoliyat» deya ta'rif bergan, ijtimoiy tarmoqda reklama joylab pul topayotgan blogerlar patent, ya'ni yakka tartibdagi tadbirkorni davlat röyxatidan ötkaziş töğrisida guvohnoma olişi kerakligini aytgan, agar ijtimoiy tarmoqlarda reklama orqali daromad körayotgan şaxs davlatga soliq tölamasa, undan texnika vositasi (telefon, noutbuk, planşet, kompyuter) olib qöyiliş mumkinligini ma'lum qilgan edi.
12 iyun kuni telegramdagi «Qöşni mahalla» kanalida «Blogerni tunagan qaroqçilar» sarlavhasi ostida post qoldirilgandi. Unda «Instagram»da 300 minglik auditoriyaga ega sahifa egasi bloger Aziz Aşurbayev 8 iyun kuni kanalida reklama joylaştiriş böyiça uçraşuvga borib, reklama uçun 400 ming sömni olgan vaqtida begona şaxslar yetib kelişgani, ular özlarini soliqçilar sifatida taniştirib, telefonini olib qöyişgani, «Instagram»dagi sahifasining parollarini özgartirib, sahifasiga ega çiqişgani, ijtimoiy tarmoqdagi boşqa sahifalaridagi yozişmalarini ham kuzatişayotganidan şikoyat qilgandi.

















