Hozirgi kunda Toshkentda qurilish jarayonlari avjiga chiqqan bo‘lib, yangi turar-joy majmualari va turli “City”larga qaratilgan reklamalar barchaning e'tiborini tortgan. Yangi uy-joy quruvchilarning biri zamonaviy dizaynni taklif qilsa, boshqasi esa qulay joylashuv va boshqa bir qator imkoniyatlarni va'da bermoqda. Biroq ularning aksariyatini  umumiy bir xususiyat birlashtiradi, ya'ni bu uylar hali qurib bitkazilmagan. Xo‘sh, qurib bitkazilmagan uyga pul to‘lash arziydimi?

Uybor.uz-ko‘chmas mulk sayti sizlarga qurilish davridagi yangi uylarni sotib olishning quyidagi afzalliklari bilan tanishib chiqishni taklif qiladi:

Quruvchi firmalardan chegirma

Odatda xonadonlarning narxi foydalanishga topshirilgunga qadar sezilarli darajada arzon bo‘ladi. Bunday bosqichda ko‘chmas mulkni sotib olar ekansiz, siz kamroq xarajat qilasiz, quruvchi/developer esa,  tikkan (sarflagan)mablag‘ini ertaroq qaytib oladi.Demak, natijada xonadonni ertaroq sotib olib siz quruvchi firmaga qurilish ishlari uchun qarz berasiz, o‘z navbatida u ham sizga arzonlashtirilgan narxdagi uy shaklida mukofot to‘laydi.Bunda ikkala taraf ham foyda ko‘radi.

Muddatli to‘lov

Ko‘chmas mulk bozoridagi takliflarning ortib borishi tufayli xonadonlarni sotish tobora qiyinlashmoqda. Shu sababli ham borgan sari ko‘plab quruvchi firmalar hali to‘liq qurib bitkazilmagan uylarni muddatli to‘lov asosida sotib olishni taklif qilmoqdalar.Bunda siz xonadon narxining bir qismini  oldindan to‘laysiz,qolgan qismini esa, 1-3 yil mobaynida oylik to‘lov shaklida amalga oshirasiz. Natijada, bir tomondan, hali qurib bitkazilmagan uyga to‘liq to‘lovni birdaniga amalga oshirmaslik imkoniyatining yuzaga kelishi xaridorga qulaylik yaratsa, boshqa tomondan quruvchi firmalar ko‘proq va tezroq xonadonlarni sotishga erishadilar.

Yaxshi joylarga ega bo‘lish