Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov harbiy maşğulotlarda velosipedda nişonlar oldidan ötayotib, töpponçadan ularga aniq öq otiş malakalarini namoyiş qildi. Bu haqda Turkmaniston hukumatining “Neytralniy Turkmenistan” naşri xabar berdi.  

Berdimuxamedov uşbu malakalarini öquv-maşğulot markazida namoyiş qilgan. Naşrning ta'kidlaşiça, Turkmaniston yetakçisi milliy armiya qöşinlarining tayyorligini tösatdan tekşiriş maqsadida yarimtundan keyin tegişli bölinmalarning jangovar şay holatga keltirilişini buyurgan. Trevoga böyiça harbiy qismlarning şaxsiy tarkiblari oyoqqa turğizilgan, jangovar samolyot va vertolyotlar öquv-maşğulot markaziga yöl olgan.

Bu yerda Berdimuhamedov harbiy maşğulotlarni közdan keçirib, velosipedga ötirgan va yöl böylab örnatilgan uçta nişon oldida burilişlar bajarib, ulardan har biriga uçtadan öq uzgan. 

Naşrning ta'kidlaşiça, Turkmaniston yetakçisi barça nişonlarni aniq möljalga olib, özining yaxşi jismoniy tayyorgarlikda ekani va öq otiş mahoratini yana bir namoyiş qilgan va harbiylarga örnak körsatgan.  

Berdimuhamedov muntazam ravişda qöl ostidagilarga turli öqotar qurollardan öq otiş malakasini namoyiş qilib keladi. Biroq, ta'kidlanişiça, velosipedda ötirib aniq öq otiş malakasini Turkmaniston prezidenti ilk bor namoyiş qildi.