Germaniya taşqi işlar vaziri Xayko Maas AQŞ markaziy qömondonligi (SeNTKOM) tomonidan tarqatilgan video Eronning 13 iyunda Ummon körfazida tankerlarga hujumga aloqadorligining yetarliça isboti hisoblanmasligini aytdi.

“Video yetarli emas. Albatta, biz nimani körsatişayotganini tuşunişimiz mumkin, biroq yakuniy baho uçun bu menga yetarli emas”, deb aytgan Maas.

Vazirning ta'kidlaşiça, Germaniya tankerlarga hujumni qat'iyan qoralaydi. “Bu nafaqat erkin savdo, balki butun dunyoga tahdiddir”, deb qöşimça qilgan Germaniya taşqi işlar vaziri.

13 iyunda Ummon körfazida ikkita tanker – yapon kemasi Kokuka Courageous va norveg tankeri Front Altair’da hujumlardan keyin portlaşlar va yonğin yuz bergan. Yapon kemasi ekipajini AQŞ esminetsi Bainbridge öz bortiga olgan, Front Altair ekipaji esa eronlik çegaraçilar tomonidan Jask portiga evakuatsiya qilingan..

13 iyunda SeNTKOM rasmiy vakili – kapitan Bill Urban, amerikalik harbiylarning ta'kidlaşiça, Eronning Islom inqilobi soqçilari korpusi kemasidagi odamlar Kokuka Courageous kemasi yon tomonidan portlamay qolgan minani yeçib olayotganlari videosini e'lon qilgan. AQŞ uşbu voqea uçun javobgarlikni Eron zimmasiga yuklagan. Eron esa bu ayblovlarni rad etmoqda.