Toşkent irrigatsiya va qişloq xöjaligini mexanizatsiyalaş muhandislari instituti olimlari tomonidan joriy yilda Jahon bankining 2 yilga möljallangan «Xorijiy universitetlardagi innovatsion yeçimlarni joriy etiş orqali qişloq xöjaligida muhandis kadrlarni tayyorlaş dasturlarini takomillaştiriş» mavzusidagi granti qölga kiritilgan edi.
Mazkur grant doirasida AQŞ universitetlari bilan hamkorlikni yanada rivojlantiriş va qöşma dasturlar asosida kadrlar tayyorlaş va ilmiy tadqiqot işlarini olib boriş maqsadida, institutning bir guruh olimlari AQŞning Missisipi ştati universiteti, Oklahoma ştati universiteti, Kaliforniya ştati Devis universiteti, Miçigan ştati universiteti va Jorjiya texnologiya universitetiga taşrif buyurdi.
2019-2020 öquv yilida Qöşma Ştatlarning bir neçta universiteti bilan ikki tomonlama diplom beriş magistratura mutaxassisliklari, ilmiy tadqiqot va tajriba-sinov işlarini olib boriş hamda talabalar almaşinuvi böyiça kelişuv bitimlari imzolandi.
Jumladan, Missisipi ştati universiteti bilan Aniq koordinatali qişloq xöjaligi (Precision Agriculture) va Qişloq xöjaligi biznesi (Agricultural Business) qöşma magistratura böyiça hamkorlikda öquv me'yoriy hujjatlari hamkorlikda tayyorlandi va fakultet kengaşi tomonidan ma'qullandi.

Qişloq xöjaligi va biologik muhandislar fakulteti dekani Dr. Jorj Hopper va fakultet kengaşi a'zolari bilan Toşkent irrigatsiya va qişloq xöjaligini mexanizatsiyalaş muhandislari instituti va Missisipi ştati universiteti hamkorligining istiqbolli yönalişlari belgilab olindi.
Missisipi ştati universitetining ilmiy tadqiqotlar böyiça prorektori Dr. Ruben Mur bilan bölib ötgan uçraşuvda olimlarning ilmiy tadqiqot va tajriba-sinov işlarini hamkorlikda olib boriş böyiça muhokama qilindi.

Toşkent irrigatsiya va qişloq xöjaligini mexanizatsiyalaş muhandislari institutining öquv işlari prorektori Bahodir Mirzayev va Missisipi ştati universiteti prezidenti Judi Bonner tomonlarning uzoq yillarga möljallangan keng qamrovli istiqbolli hamkorlik işlari böyiça kelişuv bitimini imzolaşdi.






















