OAV London Fors ko‘rfaziga 100 nafar maxsus jangchi yuborishidan xabar topdi
Buyuk Britaniya Ummon ko‘rfazida ikkita neft tankeri hujumga uchragandan keyin ushbu hududda o‘z kemalari himoyasini kuchaytirmoqchi. Bu maqsadda Qirollik harbiy-dengiz floti Fors ko‘rfaziga 100 nafar maxsus jangchini yuboradi, deb xabar berdi The Sunday Times nashri.
Nashrning yozishicha, Britaniyaning Bahraynda 2018 yilda ochilgan harbiy-dengiz bazasi tezkor kuchlar bo‘linmasini shakllantiradi. Uning tarkibiga Plimutda joylashgan 42-desant otryadi askarlari kiradi. Ular Fors ko‘rfazini patrullovchi kemalarda dengizga chiqib, Britaniyaning harbiy va savdo kemalarini raketalar, mina va kichik kemalar hujumidan himoyalaydi.
Ta'kidlanishicha, 16 iyunda jangchilarni yuborish rejasini Britaniyaning favqulodda vaziyatlar bo‘yicha hukumat qo‘mitasi COBRA muhokama qiladi. Ma'lum qilinishicha, Britaniya mudofaa vazirligi Fors ko‘rfazida vaziyatning keskinlashishidan qochish maqsadida missiya haqida e'lon qilmagan.
13 iyunda Ummon ko‘rfazida Front Altair va Kokuka Courageous tankerlari hujumga uchragandi. Kemalarda portlashlar sodir bo‘lib, shundan keyin yong‘in chiqqan. Hech kim jabrlanmagan.
OAV yuz bergan voqeaning ehtimoliy sabablari sifatida mina portlashi va torpedo hujumini keltirgan. Keyinroq Kokuka Courageous ekipaji a'zolari tankerga mina emas, “uchar obekt” shikast yetkazganini ma'lum qilishgan.
Voqeaning keyingi kuni AQSh prezidenti Donald Tramp ushbu voqeada Eronni ayblab chiqqan. Britaniya tashqi ishlar vaziri Jyeremi Xant ham hujumlar uchun javobgarlik aynan Eron zimmasida ekanligiga ishonchi komilligini aytgan. Shundan keyin Ar-Riyod ham Tehronga shunday ayblov qo‘ygan. Eron esa barcha ayblovlarni rad etmoqda.
Mavzuga oid
15:34 / 18.12.2024
Britaniyaning nufuzli universitetlaridan biri O‘zbekistonda filial ochishni rejalashtiryapti
11:35 / 09.12.2024
Britaniya Yangi Toshkentda barpo etiladigan obektlarni loyihalashda ishtirok etmoqchi
12:00 / 02.12.2024
Britaniya O‘zbekiston metallurgiya sohasiga investitsiya kiritishga qiziqish bildirmoqda
11:14 / 02.12.2024