Özbekiston Prezidentining qarori bilan 2019/2020 öquv yilida oliy ta'lim muassasalariga öqişga qabul qilişning davlat buyurtmasi parametrlari tasdiqlandi.

Hujjatda körsatilişiça, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi tomonidan Oliy va örta maxsus ta'lim, Bandlik va mehnat munosabatlari, Moliya vazirliklari bilan birgalikda vazirlik, idora, mahalliy davlat hokimiyati organlari va boşqa taşkilotlar iştirokida 2019/2020 öquv yilida oliy ta'lim muassasalariga öqişga qabul qiliş davlat buyurtmasi va iş beruvçilarning oliy ta'lim muassasalari bitiruvçilariga bölgan talabi parametrlari işlab çiqilganligi ma'lumot uçun qabul qilindi.

2019/2020 öquv yilidan boşlab:

a) oliy ta'lim muassasalariga qabul oliy ma'lumotli kadrlarga talab yuqori bölgan iqtisodiyot tarmoqlari va sohalari uçun davlat buyurtmasi asosida;

oliy ta'lim muassasalarining mavjud quvvatlari, moddiy-texnik bazasi hamda professor-öqituvçilari tarkibidan kelib çiqib, oliy ta'lim muassasalari tomonidan böysunuviga köra vazirlik va idoralar bilan kelişgan holda belgilanadigan bakalavriat ta'lim yönalişlariga tabaqalaştirilgan tölov-kontrakt, magistratura mutaxassisliklariga bazaviy tölov-kontrakt böyiça qöşimça qabul parametrlari asosida amalga oşiriladi;

b) nogironligi bölgan şaxslarga davlat buyurtmasi asosida öqişga qabul qiliş parametrlarining umumiy soniga nisbatan qöşimça ikki foizli davlat granti asosida ajratiladigan qabul parametrlari böyiça oliy ta'lim muassasalarining kunduzgi, sirtqi yoki keçki ta'lim şakllaridan birida ta'lim oliş huquqi beriladi;

v) tölov-kontrakt asosida ta'lim olayotgan barça bosqiç talabalariga, öz xohişlariga köra kontrakt qiymatini stipendiyali yoki stipendiyasiz şaklda tölaş huquqi beriladi;

g) davlat buyurtmasi parametrlari doirasida oliy ta'lim muassasalarining sirtqi va keçki ta'lim şaklida öqitişning tölov-kontrakt qiymati tegişli bakalavriat ta'lim yönalişi böyiça kunduzgi öqitiş şakli uçun belgilangan tölov-kontrakt qiymatidan köp bölmagan miqdorda belgilanadi;

d) magistr darajasiga ega bölgan yuqori malakali mutaxassislar qatlamini kengaytiriş maqsadida magistraturaga qabul qilişda abituriyentlarning qabul böyiça belgilangan turdoş bakalavriat ta'lim yönalişlari negizidagi magistratura mutaxassisliklaridan taşqari boşqa magistratura mutaxassisliklari böyiça ham tanlovda iştirok etişiga ruxsat beriladi. Bunda, alohida mutaxassisliklar va ularga muvofiq bakalavriat ta'lim yönalişlari röyxati Özbekiston Respublikasi Oliy va örta maxsus ta'lim vazirligi tomonidan belgilanadi;