Yangi öquv yilidan maqsadli qabulga hujjat topşiriş uçun faqat abituriyent mansub bölgan hududning diplomi talab qilinişi böyiça taqiq butunlay bekor böldi. Huquqşunos va bloger Xuşnud Xudoyberdiyev telegramdagi kanalida bu borada izoh berdi.
«2017 yildan boşlab tibbiyot yönalişlarida, keyinçalik agrar va qişloq xöjalişi yönalişida ham maqsadli qabul asosida davlat granti böyiça öqişga qabul qiliş boşlangan edi.
Ilgari qoida böyiça, maqsadli qabulga topşiriş uçun faqat öşa hududdagi kollej-litseyda öqigan bölişi kerak edi. Ya'ni navoiylik abituriyent Navoiy viloyatiga ajratilgan maqsadli qabul uçun da'vogarlik qilmoqçi bölsa, u albatta kollej yoki litseyni Navoiyda tugatgan bölişi şart edi. Bunday taqiq birmunça kulgili çeklovlarni keltirib çiqarar edi. Masalan, andijonlik abituriyent Farğona tibbiyot kollejida öqigan bölsa, unda u na Andijon böyiça, na Farğona böyiça maqsadli qabulga topşira olar edi. Bunday vaziyatda abituriyent şunçaki tibbiyot yönalişida davlat grantida öqiş huquqidan avtomatik mahrum bölib qolar, faqat kontraktga da'vogarlik qila olar edi.
Nihoyat 27.04.2019 yildagi Vazirlar Mahkamasining 360-sonli qarori bilan maqsadli qabulga qöyilgan uşbu taqiq butunlay bekor böldi.
Bu nima degani?
Endilikda muayyan hududda doimiy yaşaydigan (pasportdagi ma'lumot böyiça) istalgan abituriyentlar, ular qaysi hududda tahsil olganidan qat'i nazar, maqsadli qabulga da'vogarlik qila oladi. Masalan, andijonlik abituriyent Farğonada öqiganmi, Toşkentda öqiganmi, Samarqandda öqiganmi, farqi yöq, endi u Andijon uçun ajratilgan maqsadli qabulga topşira oladi.
Demak, bunday buyon davlat grantiga kiriş uçun barçada birdek imkoniyat paydo böladi», deyiladi xabarda.

















