Misrning sobiq prezidenti Muhammad Mursiyning sud zalida vafot etişi aniq sabablarini aniqlaş bilan maxsus sud-tibbiy komissiyasi şuğullanadi.

Misr boş prokurori Nabil Sodiqning aytişiça, Mursiyni dafn etiş haqidagi qaror patologoanatomik xulosa tayyor bölgandan keyin qabul qilinadi.

Misr boş prokurorining ma'lum qilişiça, sobiq prezident suddagi 5 daqiqalik nutqidan keyin özini yomon his qilgan. Keyinroq uning tanasida “heç qanday şikast yeyiş alomatlari” topilmagan.

“U panjara ortida sudlanuvçilar örindiğida huşini yöqotgan, yiğiliş töxtatilib, u şifoxonaga ölik holda yetkazilgan”, deb ta'kidlab ötgan Sodiq. 

Bu orada Al Arabiya telekanali Mursiy bir neça hafta avval turmada tibbiy körikdan ötgani va uning soğliğida heç qanday muammolar aniqlanmaganidan xabar topgan.

67 yoşli sobiq prezident 17 iyun kuni sud majlisi vaqtida vafot etgan.

Misr davlat televideniyesi öz tibbiy manbalariga iqtibos keltirgan holda Mursiyning ölimiga yurak xuruji sabab bölganini ma'lum qilgan.

Mursiy “Musulmon birodarlar” taşkiloti rahbarlaridan hamda Misrning sobiq prezidenti Husniy Muborakning asosiy raqiblaridan biri bölgan. U Misrga 2012 yil “arab bahori”dan keyin prezident bölgan, biroq 2013 yildayoq harbiy töntaruv natijasida ağdarilgan va qamoqqa olingan.

Mursiy va uning safdoşlari Misr davlatini kuçsizlantiriş maqsadida Mursiy prezidentligi vaqtida Qatar razvedkasiga Misr maxsus xizmatlari va armiyasi faoliyatiga tegişli öta maxfiy hujjatlarni berganlikda ayblanganlar. Sobiq prezident va boşqa sudlanuvçilar bu ayblovlarni tan olmasliklarini hamda ularni Misrning yangi rahbariyati “kirdikorlari” ekanini aytib kelişgan.