Xabar qilinishicha, "YeI Kipr bilan to‘liq bahamjihatlikda javob qaytarishga tayyor ".

Avvalroq Turkiya tashqi ishlar vaziri Mavlut Chovusho‘g‘lu Turkiya O‘rtayer dengizining sharqiy qismidagi uglevodorod konlarida xalqaro huquqqa mos ravishda qazish ishlari olib borayotganini bildirgandi.

Kiprning alohida iqtisodiy hududida gaz konlari topilgan bo‘lib, Turkiya o‘zini hududdagi tabiiy boyliklardan foydalanish huquqiga ega deb hisoblaydi.

Gretsiya TIV Turkiyadan bu hududda qazish ishlarini to‘xtatishni talab qilgan.