Malayziyaning AirAsia loukosteri Britaniyaning Skytrax marketing kompaniyasi versiyasiga köra dunyoning arzon xizmat körsatuvçi eng yaxşi aviakompaniyalari reytingiga yetakçilik qilmoqda. 

2-örinni Britaniyaning easyJet, 3-örinni esa Norvegiyaning Norwegian aviakompaniyalari egallagan. 

Yetakçi öntalikka AQŞning Southwest Airlines, Malayziyaning AirAsiaX, Avstraliyaning Jetstar Airways, Kanadaning WestJet, Hindistonning Indigo, Irlandiyaning Ryanair va Germaniyaning Eurowings aviakompaniyalari ham kirgan. 

Avvalroq ma'lum qilinganidek, Skytrax talqiniga köra, 2019 yilning eng yaxşi aviakompaniyalari reytingining eng yuqori poğonasini Qatarning Qatar Airways aviakompaniyasi egallagandi. 2-örinni Singapurning Singapore Airlines, 3-örinni Yaponiyaning ANA All Nippon Airways aviakompaniyalari egallagan.