Bugun, 20 iyun kuni Milliy matbuot markazida Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 27 noyabrdagi PF-5584-sonli «Özbekiston Respublikasi fuqaro aviatsiyasini tubdan takomillaştiriş çora-tadbirlari töğrisida»gi Farmoni ijrosi böyiça MAK matbuot anjumani taşkil etildi.

Tadbir davomida Qozoğistonda sönggi vaqtlar içida ikkita loukoster kompaniya faoliyat boşlagani holda nega Özbekistonda bitta ham loukoster yöqligi haqida söraldi.

«Bu böyiça işlayapmiz, loukosterning öziga xos jihatlari bor. Jahon bankidan umumiy loyiha bor. Qozoğistondagi loukosterlar esa birinçidan qimmat, ikkinçidan dotatsiya oladi», deya «Özbekiston havo yöllari» MAK direktori örinbosari Umid Husanovning sözlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.

Eslatib ötamiz, 2018 yilning yanvarida Özbekiston hukumati tomonidan mamlakatga kam budjetli aviakompaniyalarni jalb etişni nazarda tutuvçi qaror qabul qilingandi. Ötgan yilning 28 fevral kuni esa «Özbekiston havo yöllari» milliy aviakompaniyasi raisining birinçi örinbosari Umid Husanov 2018 yil oxirigaça «milliy loukosterni taşkil etiş böyiça işlar» yakuniga yetişini ma'lum qilgandi. Xabarlarda Özbekistonda milliy loukoster taşkil etilişi, unda, masalan, Toşkentdan Moskvaga uçiş narxi taxminan 100 dollar bölişi aytilgandi.

  • Kam budjetli aviakompaniya (loukoster, diskaunter) — ekspluatatsiya xarajatlari past bölgan aviakompaniya. Oddiy qilib aytganda, bir qator omillar hisobiga çiptalarni past bahoda sotişga qurbi yetadigan aviataşuvçi.

Keyinroq Özbekiston Prezidenti Şavkat Mirziyoyev «Özbekiston Respublikasi fuqarolarining vaqtinçalik mehnat faoliyatini amalga oşiriş uçun respublika taşqarisiga transportda çiqiş vaqtida xavfsizligini ta'minlaş çora-tadbirlari töğrisida»gi qarorni imzoladi.

Unda 2018 yil 1 maygaça Vazirlar Mahkamasiga «Özbekiston havo yöllari» huzurida vaqtinçalik mehnat faoliyatini amalga oşiriş uçun respublika taşqarisiga çiqayotgan fuqarolarni pasaytirilgan tariflarda taşuvçi kambudjetli aviakompaniya (loukoster) taşkil etiş töğrisida takliflarni kiritiş nazarda tutilgan.

Ötgan vaqt davomida Gretsiyaning Orange2Fly