Fransiyaning Air France kompaniyasi samolyotlari Hörmuz körfazi ustidan parvoz qilmaydi, deb xabar berdi RIA Novosti.
"Air France samolyotlari Hörmuz körfazi ustidan parvoz qilmaydi. Air France fransuz va mahalliy hukumat bilan birgalikda butun dunyo böyiça xatarli parvoz hududlarini tahlil qilib boradi. Bu tahlil parvoz rejalarini muvofiqlaştiriş va parvozlarning yuqori darajadagi xavfsizligini kafolatlaş imkonini beradi", - dedi aviakompaniya vakili.
Juma kuni qator aviakompaniyalar, jumladan KLM va Lufthansa mazkur hudud ustidan parvozlarni vaqtinça töxtatgani ma'lum böldi.
Avvalroq AQŞ fuqaro aviatsiyasi boşqarmasi Amerika aviakompaniyalariga Hörmuz va Ummon körfazlari ustidan uçib ötişni taqiqlovçi bildirişnoma çiqargandi.
20 iyun kuni Eron islom inqilobi korpusi soqçilari AQŞga tegişli razvedka dronini urib tuşirganini ma'lum qilgandi. Keyinroq AQŞ bu ma'lumotni tasdiqladi. Eron tomoni urib tuşirilgan dronning modeli RQ-4 Global Hawk ekanini aniqladi.
Eron AQŞga tegişli bölgan bu razvedka droni mamlakatning Hörmuzgoh viloyati havo sarhadlarini buzib ötgani bois urib tuşirilganini ma'lum qildi. AQŞ tomoni esa dron xalqaro havo hududida bölganini aytmoqda.
Uşbu voqeadan söng Donald Tramp «Eron juda katta xato qildi», deb yozdi tvitterdagi sahifasida, ammo keyinroq buning ataylabdan qilinganiga işonmasligini aytib, kimdir notöğri qarori bilan bu xatoga yöl qöyganini taxmin qildi.

















