Lukashenko Ramzon Qodirovni orden bilan mukofotladi va uni inisidek ko‘rishini aytdi

Foto: president.gov.by
Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko Checheniston rahbariga xalqlar do‘stligi ordenini topshirdi.
Belarus rahbari matbuot xizmatining ma'lum qilishicha, Qodirov Belarus va Checheniston o‘rtasidagi do‘stona munosabatlar va har tomonlama hamkorlikni mustahkamlashga qo‘shgan salmoqli hissasi uchun mukofotlandi.
Bundan tashqari, Lukashenko o‘tgan yilning fevralida uzoq yillardan buyon Liviyada tutqunlikda ushlab turilgan belaruslik Vyacheslav Kachurani ozod qilishga qo‘shgan shaxsiy hissasi uchun minnatdorlik maktubini yo‘llagandi. Bunga qadar esa Qodirov vositachiligida Liviyadan ikki nafar belaruslik shifokor qaytarilgandi.
Checheniston rahbari avvalroq Minskda Lukashenko bilan Liviyada tutqunlikda bo‘lgan Belarus fuqarolarini ozod qilish masalasini muhokama qilganini va ularni ozodlikka chiqarish uchun bor kuchini ishga solishga va'da berganini aytgandi.
"Biz Belarusda qaytib ko‘rmasligimiz mumkin bo‘lgan bu insonlarni ozod etganing uchun rahmat. Sen nafaqat do‘ssan, balki mening, xalqimning birodarisan", - dedi Lukashenko Qodirov bilan Minskdagi Yevropa o‘yinlari ochilishidagi uchrashuvida.
Tavsiya etamiz
Isroil eronliklar tuzumga qarshi isyon ko‘tarishiga umid qilmoqda. Buning ehtimoli bormi?
Jahon | 20:00 / 17.06.2025
Hozirda sirtqi ta’limda o‘qiyotganlar o‘qishini qay tartibda davom ettiradi?
O‘zbekiston | 11:14 / 17.06.2025
Qo‘rquv, shok va sarosima: Eronda nimalar bo‘lmoqda?
Jahon | 19:57 / 16.06.2025
Urush boshlandi, Netanyahu eronliklarni isyonga chorladi – hafta dayjesti
Jahon | 20:41 / 15.06.2025
So‘nggi yangiliklar
Mavzuga oid

20:28 / 07.05.2025
Lukashenko 8 ming mahkumga amnistiya qo‘llash to‘g‘risidagi qonunni imzoladi

22:19 / 25.04.2025
Lukashenko Polsha va Litvani migrantlar sabab xavotirga tushmaslikka chaqirdi

18:00 / 25.03.2025
Dunyoning yarmi Belarusdagi kabi diktaturani orzu qiladi – Lukashenko

17:25 / 25.03.2025