Organizmimiz – tartibga solingan mexanizm. U o‘ziga zarur narsani doimo biladi. Agar ratsionda sizga biror nima yetishmasa, u buni albatta ko‘rsatadi.

Yog‘larning ayollar uchun foydasi
Ko‘pchilik hozir ham yog‘ni ratsiondan chiqarib tashlash zarur deb hisoblashadi, axir aynan u semirishga sabab bo‘lishi mumkin. Biroq bu fikr to‘g‘ri emas.
Yog‘lar boshqa elementlar kabi organizm uchun zarur. Takprosto.cc tahririyati organizmda yog‘ yetishmasligini ko‘rsatadigan 10 ta asosiy belgilarni tayyorladi.
Yog‘ yetishmovchiligining belgilari
Doimiy ochlik hissi
Aynan yog‘lar ochlik hissini nazoratda ushlashda yordam beradi. Uning o‘rtacha miqdori kelasi safar ortiqcha yeb yubormaslikda yordam beradigan yoqimli to‘qlikni his etishda qo‘l keladi.
Ko‘pchilik o‘zini ochlik bilan qiynab, keyin chiday olmaganidan ortiqcha ovqat iste'mol qilgani uchun oza olishmaydi. Keyinchalik sikl har safar takrorlanaveradi. Yog‘larning organizm uchun foydasi shundaki, u qondagi glyukoza miqdorini ushlab turadi, bu esa ozishga katta ta'sir ko‘rsatadi.
Hatto oz miqdordagi yog‘ ham sizga ovqatni kamroq iste'mol qilishda yordam beradi.
Rangsiz, quruq teri
Sog‘lom odamning yuzi sog‘lom yaltirab turishi kerak. Quruq teri organizmga foydali yog‘lar yetishmayotganini bildiradi. Ratsioningizga biroz yong‘oq, baliq moyi va avokadoni kiriting. Bir haftadan keyin g‘aroyib natijaga guvoh bo‘lasiz.
Kuchsiz tirnoq va sochlar
Bu muammo ayollar uchun, ayniqsa, qo‘rqinchli. Axir aynan chiroyli soch va tirnoqlar o‘zimizni go‘zal va jozibador his etishda yordam beradi.
Ratsiondan yog‘larni butunlay chiqarib tashlaydigan parhezlardan ehtiyot bo‘ling. Bunday parhez yordamida ozish mushkul, sochlar va tirnoqlar go‘zalligini esa bir necha haftada yo‘qotish mumkin.
Sovqotish hissi















