Iyunning bu haftasi yangiliklarga boy böldi. Yuqori doiralarda navbatdagi jiddiy özgarişlar sodir böldi. Keling, hammasini bir boşidan boşlaymiz.

Video: Youtube

Video: Mover (tas-ix)

Dastlab, bir yarim yildan buyon Özbekiston Respublikasi Boş prokurori lavozimida işlab kelayotgan Otabek Murodov lavozimidan ozod etildi. Uning örnini Senat raisi bölgan Niğmatullo Yöldoşev egalladi.

Otabek Murodov

Niğmatulla Yöldoşev 2011 yildan 2015 yilgaça Özbekiston Adliya vaziri bölgan.

Niğmatullo Yöldoşev

U 2015 yil yanvarida prezident qarori bilan senator etib tayinlangan va 2015 yilning 22 yanvarida yaşirin ovoz beriş yöli bilan Senat raisi lavozimini egallagandi.

Prezident yangi boş prokurorga nimani özgartirişini, tizimni tozalaşini, yaxşi takliflar berişini kutişi haqida aytib ötdi.

21 iyun kuni Oliy Majlis Senatining 20-yalpi majlisida böş qolgan Senat raisligi öz egasini topdi. Tarixda birinçi bor uşbu yuqori darajadagi lavozimga ayol kişi loyiq körildi. Prezident Şavkat Mirziyoyev Konstitutsiyaning 86-moddasiga muvofiq uşbu lavozimga Xotin-qizlar qömitasining sobiq raisi Tanzila Norboyeva nomzodini taqdim etdi va senatorlar nomzodni qöllab-