Senat a'zosi Alişer Kurmanov 20-yalpi majlisda «Turizm töğrisida»gi Qonun böyiça qilgan ma'ruzasida sohada amalga oşirilgan işlar, erişilgan yutuqlar haqida sözladi.

«2018 yilda xavfsiz turizm, eng yaxşi turistik yönaliş va gastronomik turizm yönalişlari böyiça «Gallup Global», «Lonely Planet» va «TurStat» kabi jahonning nufuzli reytinglari tomonidan Özbekiston birinçi beştalik mamlakatlar qatorida qayd etildi. 60tadan ortiq mamlakat uçun Özbekistonga vizasiz kiriş tartibi joriy etildi. Özbekistonda böliş qoidalari tartibiniing soddalaştirilganini turistlar oqimining keskin ortişiga sabab böldi. Şu tufayli 2018 yilda mamlakatimizga taşrif buyuruvçilar soni 5,3 mln kişini taşkil etib, bu körsatkiç 2017 yilga nisbatan 2 baravarga köpaygan», - deya Kurmanovning sözlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.

Senator yangi tahrirdagi Qonundagi bir qator yangiliklarni ham alohida qayd etdi. Unda quyidagilar aks etgan:

  • Qonun yangi tuşunçalar bilan boyitilgan. Gid-tarjimon, yöriqçi-yöl boşlovçi, mustaqil turizm va turistik vauçer kabilar;
  • turizmni mamlakat iqtisodiyotining strategik tarmoği sifatida rivojlantiriş hamda sohada davlat-xususiy şeriklikni qöllab-quvvatlaş, şuningdek soliq va bojxona imtiyozlarini belgilaş asosiy yönalişga kiritilgan;
  • budjetdan taşqari Turizm sohasini qöllab-quvvatlaş jamğarmasi, uni şakllantiriş manbalari hamda mablağlarini yönaltirişning aniq maqsadlarini nazarda tutuvçi norma kiritilgan.