Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyevning Oliy Majlis Senatining yigirmançi yalpi majlisidagi nutqi ÖzA saytida töliq taqdim etildi.

Assalomu alaykum, muhtaram Senat a'zolari!

Hurmatli yalpi majlis qatnaşçilari!

Avvalambor, bugun siz, azizlar bilan uçraşib, barçangizni soğ-salomat, yaxşi kayfiyatda körib turganimdan mamnunman.

Şu imkoniyatdan foydalanib, sizlarga özimning yuksak hurmatim va samimiy tilaklarimni bildiraman.

Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining bugungi yalpi majlisi barqaror milliy taraqqiyotimizning yangi bosqiçida, jamiyatimiz hayotining barça soha va tarmoqlarida keng kölamli va şiddatli demokratik islohotlar jadal olib borilayotgan mas'uliyatli bir davrda bölib ötmoqda.

Hozirgi kunda köpmillatli xalqimiz mamlakatimizda qabul qilingan Harakatlar strategiyasida belgilab berilgan ustuvor maqsad va vazifalarni amalga oşiriş yölida bahamjihat bölib, qat'iyat va fidoyilik bilan mehnat qilmoqda.

Oldimizga qöygan ulkan marralarga erişiş uçun davlatimiz va jamiyatimizning barça kuç va imkoniyatlari safarbar etilmoqda. Ayniqsa, davlat va jamiyat qurilişi tizimini takomillaştiriş, qonun ustuvorligini ta'minlaş va sud-huquq tizimini yanada isloh qiliş, milliy iqtisodiyotimizni rivojlantiriş va liberallaştiriş, ijtimoiy sohani yanada rivojlantiriş, xavfsizlik, millatlararo totuvlik va diniy bağrikenglik muhitini mustahkamlaş, samarali taşqi siyosat olib borişdek ustuvor yönalişlarga alohida e'tibor qaratilmoqda.

Xalq bilan doimiy va tizimli muloqot asosida umumiy soni 33 milliondan ortib borayotgan aholimizning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini ta'minlaş borasida yangi qadamlar qöyilmoqda. Jumladan, iqtisodiyot sohasida ijtimoiy yönaltirilgan haqiqiy bozor munosabatlarini joriy etiş, tadbirkorlik, xususiy mulk rivojiga keng yöl oçib beriş, zamonaviy işlab çiqariş korxonalari va infratuzilmalarini taşkil etiş masalalariga birinçi darajali ahamiyat berilmoqda. Yangi iş örinlari yaratiş, zamonaviy uy-joylar, yöl va köpriklar, bolalar boğçalari, maktablar va oliy öquv yurtlari, şifoxonalar, madaniyat va san'at, sport maskanlarini barpo etiş, bir söz bilan aytganda, xalqimizning hayoti obod va farovon bölişiga erişiş, uni rozi qiliş – barça böğindagi rahbar va mutasaddilarning faoliyat mezoniga aylanmoqda.